Atrof-muhit, suv va havo ifloslanişi – uruşlar, zöravonliklar, kasalliklar, oçarçilik yoki tabiiy ofatlardan köra köproq odamlarning umriga zomin böladi. Şu xulosaga kelişgan amerikalik mutaxassislar öz hisobotlarini Lancet tibbiy jurnalida e'lon qilişdi, deb xabar bermoqda The Guardian naşri.

Mutaxassislarning fikriça, ifloslanişdan ölim soni çekiş sabab yuz beradigan ölim miqdoridan bir yarim barobarga; OITS, sil va bezgakdan uç martaga; uruşlar hamda zöravonliklardan 15 baravarga yuqori.

Dunyo böyiça 184 davlatdan bölgan 15 mingdan ortiq olim insoniyatga asosiy tahdidlar haqida söz yuritilgan hujjatni imzolaşdi. «Insoniyatga ikkinçi ogohlantiriş» BioScience jurnalida e'lon qilingan.

Birinçi «Insoniyatga ogohlantiriş» 1992 yilda çiqarilgan. Unga butun jahon böylab taxminan 1700 olim imzo çekkan. Hujjat Yerdagi hayot ozon tuynuklarining paydo bölişi, suv va havoning ifloslanişi, örmonlarning kesilişi, tuproqning oriqlanişi hamda odamlarning atrof-muhitga aralaşuvi oqibatlari tufayli yöqolişi haqida hikoya qiladi. Yangi hujjat «Ogohlantiriş» e'lon qilinganiga 25 yil tölişi munosabati bilan öziga xos yakunlarni sarhisob qildi.

Şunga qaramay, ösimlik dunyosidan foydalaniş, ya'ni örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar kesiş bilan boğliq bir qator muammolar mavjud.

Ma'lumotlarga köra, 2019 yil davomida Özbekiston böyiça 2 778 marotaba daraxtlarni noqonuniy kesiş holatlari sodir etilgan.

Xöş, jismoniy va yuridik şaxslarga davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesişga qaçon ruxsat etiladi va ularga qanday talablar belgilangan?

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi «Tabiatdan foydalaniş sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida»gi №255-sonli qarori bilan jismoniy va yuridik şaxslarga davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesişga ruxsatnomalar beriş tartibi belgilab berilgan.

Jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan ruxsatnomalarni oliş uçun tuman (şahar) hokimliklari va Davlat ekologiya qömitasi organlariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali sörovnoma bilan murojaat etiladi. Bunda sörovnoma körib çiqilgani uçun BHMning 30 foizi miqdorida yiğim undiriladi.