Bugun, 13 dekabr kuni Farğona viloyatida, jinoyat işlari böyiça Özbekiston tuman sudida bloger Olimjon Haydarovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Olimjon Haydarov Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 201-moddasi (yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolğon axborot tarqatiş) 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda ayblandi.

Sud qarori bilan bloger yuqoridagi moddalarda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga bir neça huquqbuzarlik uçun ma’muriy jazo qöllaş tartibida BHMning 70 baravari – 21 mln söm miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan Olimjon Haydarov sud hukmidan norozi ekanini bildirib, yuqori turuvçi sudga appelyatsiya şikoyati berişini ma’lum qildi.

Ötgan haftalarda havo harorati sovib ketgaç, xonadonlar va ijtimoiy obektlarga ustuvorlik beriş maqsadida sanoat korxonalari tabiiy gazdan uzilgan edi. Haydarov Özbekiston tumanidagi korxonalar gazdan uzilişi oqibatida “10 minglab aholi” işsiz qolayotgani, ular qatorida bölgan “Albus” gips zavodi işçilari gaz ulab berilişini sörab, köçaga çiqişayotgani haqida 6 dekabr kuni video tarqatgan.

Farğona viloyati IIB 13 dekabr kuni sud hukmi böyiça quyidagiça izohni e’lon qildi.

“Holat yuzasidan ötkazilgan suriştiruv işlari davomida joriy yilning 11 dekabr kuni fuqarolar A.T., D.N., U.T. va O.S.lar ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 4-6 dekabr kunlari ular işlab kelayotgan zavod hududiga özini bloger-jurnalist Olimjon Xaydarov deb taniştirgan fuqaro kelib, zavod gaz tarmoğidan uzilganligi sababli, tez orada yopilib faoliyati töxtatilişi, oqibatda işçilar işsiz va maoşsiz qolişligi haqida aytib, ularga zavodda töplanib, norozilik namoyişini uyuştirib, bu haqda video murojaat qilişlarini, şundagina zavod qaytib gaz tarmoğiga ulanişi mumkinligini va bu borada u yordam bera olişini bildirgan.

Bundan taşqari, iş materiallaridan ma’lum böldiki, O.Haydarov namoyişni qay tarzda videoga olişni örgatganligini, ayrim iştirokçilar tomonidan yetarli darajada yaxşi gapira olmaganligi, şuning uçun boşqalar gapirişi kerakligini aytib, namoyiş qilganlarni agressiv gapirişga undagan, qayta dubllar orqali uşbu namoyişni oldindan rejalaştirişda iştirok etgan.