Bugun, 18 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida yangi vazirlik - Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi rahbari lavozimiga «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi Rahmat Mamatov nomzodini ma'qullaşdi.

Rahmat Mamatov sözga çiqib, mazkur lavozimga mas'uliyat bilan faoliyat yuritişga tayyor ekanini bildirdi. 

«Oilalarda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroni hayotdan roziligini, olib borilayotgan islohotlardan roziligini his qiliş uçun çin dildan mehnat qilamiz», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, 2019 yilda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, Qonunçilik palatasi deputatlari Hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni körib çiqişadi. Deputatlar muhokamasidan ötgan nomzod prezident lavozimga tayinlaş töğrisidagi qarorni imzolaganidan keyin, rasman vazirga aylanişi mumkin.

Bungaça Quriliş vaziri Botir Zokirov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov şunday bosqiçlardan ötib vazirlikka tayinlanişgandi.

2017 yilning oktyabridan buyon Farğona viloyati IIB boşliği lavozimida işlab kelgan Rahmat Mamatov 2020 yilning 21 yanvar kuni Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi raisining birinçi örinbosari — «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisii etib tayinlangandi. 

24 yanvar kuni prezident farmoni bilan Rahmat Mamatov senator etib tayinlangandi.