Bugun, 17 oktyabr oqşomida Toşkent atmosfera havosining ifloslangani böyiça dunyoning yirik şaharlari orasida 1-örinni egalladi. Bu boradagi onlayn indeksni IQAir portalida köriş mumkin.
“Özgidromet” stansiyalari qayd etib boruvçi körsatkiçlarga asoslanuvçi IQAir portaliga köra, soat 20:30 atrofida Toşkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 212 mkg/m3ni taşkil etgan – bu “juda zararli” tasnifidagi körsatkiç bölib, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti belgilagan me’yordan 42,4 barobarga köpdir.
JSSTga köra, havo ifloslanişi körsatkiçlari orasida salomatlik uçun eng katta xavf tuğdiradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.


“Özgidromet” soat 17:15 da e’lon qilgan ogohlantirişida soat 18:00 dan 23:00 gaça Toşkent şahri atmosfera havosi mayda çang zarraçalari bilan ifloslanişi kuçayişini ma’lum qilgan, bunga uzoq vaqt davomida yoğingarçilikning bölmagani va havo haroratining inversiyasi sababligini qayd etgandi.
Sinoptiklar Toşkent şahri aholisi va mehmonlariga kuçli havo ifloslanişi şaroiti uçun quyidagi tavsiyalarni berdi:
- Imkoni boriça, uydan çiqmaslikka harakat qiliş kerak.
- Köçada bölganda, albatta tibbiy niqob taqiş va uni har bir soatda almaştiriş lozim.
- Nafas qaytişi, burun bitişi, aksa uriş, tumov, közlar qizarişi va qiçişişi, tomoqda qattiq qiçişiş, yötal paydo bölganda zudlik bilan allergolog şifokorga murojaat qiliş lozim.



















