Voqea guvohlarining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, holat kunduzi sodir bölgan va baxtli tasodifgina qizaloqni mudhiş falokatdan asrab qolgan.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmati bergan ma’lumotga köra, 8 mart soat 08:00 lar atrofida 1985 yilda tuğilgan şaxs Samarqand şahri Dahbed köçasidagi öquv markazi yonida turgan ösmir qizga özini kirakaş deb taniştirgan. U qizni uyiga olib borib qöyişini aytib, maşinasiga mindirgan, biroq maşinani noma’lum tomonga boşqarib ketgan. Qiz tuşib qolişga harakat qilganida, haydovçi maşinani içkaridan qulflab olgan.

Holat yuzasidan qizning yaqinlari huquqni muhofaza qiliş organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Samarqand viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev holat yuzasidan Kun.uz muxbiriga ma’lumot berdi.

«Toyloq tumanida istiqomat qilib kelgan bu şaxs maşinani Oqdaryo tumani «Boşdarxon» MFY, Yangi obod qişloğigaça boşqarib borgan. Şu joyga yetganida maşina ğildiragi yorilgan. U maşinadan tuşib, ğildiraklarga qarayotgan vaqtda qiz qoçib qolişga ulgurgan va şu yerda bölgan fuqarolardan yordam söragan.

Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvçi S.U. ekani aniqlanib, qölga olingan. Unga nisbatan JKning 137-moddasi (odam öğirlaş) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda qamoqqa olingan», dedi viloyati IIB rasmiysi.
Jahongir Sagdullayev gumonlanuvçi S.U. haqiqatan ham içki işlar idoralarida işlab kelganini tasdiqlab, ayni vaqtda lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.
Isomiddin Pölatov tayyorladi,
Tasvirçi va montaj ustasi Faxriddin Hotamov.
















