Kun.uz prezident qarorida yozilgan bu özgarişlar nimani anglatadi, odamlarga nima foyda beradi kabi savollarga Markaziy bank departamenti direktori Uluğbek Mahmudovdan javob oldi.

“Ayrim turdagi tölovlar uçun aholidan komissiya oliş bekor qilinyapti”

— 2023 yil 9 martda qabul qilingan (88-sonli) prezident qaroriga muvofiq, 1 maydan boşlab benifitsiari budjet va korporativ buyurtmaçi hisoblangan tölovlar böyiça tölov xizmatlarini körsatganlik uçun vositaçilik haqi yoki yiğimlar (tölov şaklidan qat’i azar) aholidan undirilmaydi. Endi vositaçilik haqi mablağlarni oluvçidan çegirib qoliş yöli bilan olinadi. Bu barça turdagi davlat bojlari, ma’muriy jarimalar, yoki kommunal tölovlarga tatbiq etiladi.

Bu nima degani? Hozirgi kunda aholi bank kassalariga borib elektr energiyasi yoki umuman kommunal tölovlarga tölov qilganda, ulardan vositaçilik haqi qöşimça olinayotgandi. Masalan, 100 ming söm elektr energiyasiga pul tölanganda bank kassalari yoki tölov taşkilotlarining vositaçilik haqi aholidan undirilayotgandi. Endi aholi 100 ming söm budjet taşkilotlariga tölov qilganda, öşa 100 ming söm tölov amalga oşiriladi, lekin mablağlarni oluvçiga 1 foizgaça bölgan summa çegirgan holda tölov amalga oşiriladi. Aholi tomonidan tölovlar amalga oşirilganda heç qanday vositaçilik haqi undirilmaydi. Mablağlar oluvçidan çegirib qolinadi. Jismoniy şaxslarga bu qulaylik yaratadi. Mablağlar oluvçi va banklar örtasida “aksiverka”, hisob-kitoblarni tölamaslik holatlari barham topadi.

“Supermarket kassalaridan naqd pul oliş mumkin bölyapti”

— 1 maydan huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa tarmoği mavjud bölgan savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarida çeklangan limit doirasida naqd pul oliş mumkin böladi (dastlabki bosqiçda uşbu amaliyotni “Korzinka” savdo tarmoğida respublika böyiça 100 ta supermarket pilot loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan).

Hozirda respublikamizda 12 mingdan ortiq bankomatlar örnatilgan. Endi “Korzinka” savdo tarmoğiga kirib, savdo qilganingizda çeklangan limit doirasida naqd pul oliş imkoniyati yaratib beriladi. [Supermarketdan] savdo qilgandan keyin 200-500 ming sömgaça naqd pulga ehtiyoj tuğilsa, savdo nuqtalaridan naqd pul oliş mumkin böladi. Pilot loyiha doirasidagi savdo kompleksi örganilib, Markaziy bank tomonidan limit belgilanadi. Keyinçalik virtual kassasi mavjud boşqa “Makro”, “Havas” kabi savdo nuqtalariga ham tatbiq etilişi mumkin.