Özbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov işdan ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilişiça, prezident maslahatçisi Baxtiyor Islomov Oliy sudning yangi raisi böladi.
Bugun soat 15:00 ga belgilangan Senat kengaşi yiğilişida Baxtiyor Islomov nomzodini Oliy sud raisi lavozimiga saylaş masalasi körib çiqilişi kutilmoqda.
Kozimjon Komilov ikki oy avval Oliy sud raisi lavozimiga qayta saylangandi. Muqaddam Oliy xöjalik sudi raisi bölgan Komilov 2017 yildan Oliy sud raisi lavozimida işlab kelayotgandi.
Baxtiyor Islomov muqaddam Farğona va Toşkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigaça jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi bölgan.

U 2020 yil noyabrida prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi Tursinxan Xudaybergenovning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
2021 yil noyabrida esa Rustam Inoyatov örniga prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida iş boşlagandi.
Ma’lumot uçun, Oliy sud raisi, uning birinçi örinbosari va uç nafar örinbosari - sud hay’atlari raislari va sudyalaridan iborat. Oliy sud raisi va a’zolarini prezident taqdimnomasiga binoan saylaş Senat vakolatiga kiradi.

















