AQŞga viza oliş uçun murojaat qilgan Özbekiston fuqarolarining yarmidan köpi rad javobini oladi.
2018 yilda Qöşma Ştatlarda vaqtinça böliş uçun ruxsat sörab ariza yozgan özbekistonliklarning 62 foiziga viza berilmagan. Bu – Markaziy Osiyo davlatlari içidagi eng yuqori, sobiq ittifoq respublikalari orasida ikkinçi eng manfiy körsatkiçdir.
Markaziy Osiyodan AQŞga noimmigratsiyaviy viza oliş imkoniyati qozoğistonliklarda eng yuqori – ötgan yili Qozoğiston fuqarolarining 39 foiz arizasi rad etilgan:
1. Qozoğiston – 39 foiz
2. Tojikiston – 54
3. Qirğiziston – 59
4. Turkmaniston – 53
5. Özbekiston – 62
2018 moliya yilida sobiq sovet ittifoqi hududidan AQŞga vaqtinça boriş uçun viza söroviga eng kam Rossiya va Latviya (15 foizdan), eng köp Gruziya va Özbekiston (62 foizdan) fuqarolari rad javobini olişgan:
1. Rossiya – 14,89 foiz
2. Latviya – 15,24
3. Litva – 17,29
...
13. Moldova – 61,1
14. Özbekiston – 61,76
15. Gruziya – 62,35
AQŞ Davlat departamentining Konsullik masalalari byurosi saytida keltirilgan uşbu raqamlar B1/B2 vizasiga oid. Amerika vizasining bu turi tadbirkorlik (B1) yoki turizm va dam oliş (B2) maqsadlarida vaqtinça Qöşma Ştatlar hududiga kiriş imkonini beradi.
Dunyo böylab har yili örtaça 6 mln kişiga B1/B2 vizasi beriladi.
Ötgan yili bu turdagi noimmigratsiyaviy vizani Özbekistonning 7392 nafar fuqarosi olgan.
AQŞ Davlat departamenti ingliz alifbosidagi «A»dan boşlab belgilanadigan 20dan ortiq turdagi (subkategoriyalar bilan 80dan ortadi) noimmigratsiyaviy viza işlari bilan şuğullanadi. Özbekistonliklar B1/B2 toifadan keyin ikkinçi eng köp olgan viza turi – J vizasi (921 nafar) bölib, bu toifa ruxsatnoma ta'lim va malaka oşiriş böyiça almaşinuv dasturlari doirasida Amerikaga boradigan fuqarolarga beriladi.

















