Özbekiston oğir atletika federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Şahrillo Mahmudov London-2012 Olimpiadasida iştirok etib, -105 kg vazn toifasida törtinçi örinni olgan Ruslan Nuriddinovning doping testi uçun namunasi qayta tahlil qilinganida ijobiy natija bergani yuzasidan izoh berdi.
«Bu – sportda uçrab turadigan holat. Sportçini qançalik asramaylik, ovqatlanişi-yu, turmuş tarziga qançalik e'tibor qaratmaylik, baribir bunday hollar kuzatilib turadi. Nega unday deyapman? Çunki Ruslan Nuriddinov bu yilning özida 6 marotaba doping tekşiruvidan ötdi, ularning barçasida natija «toza» çiqdi. Boşqa sportçilarimiz ham şu jumladan», – deydi Mahmudov Kun.uz bilan suhbatda.
Mutasaddining ma'lum qilişiça, 6 yil oldingi musobaqada Nuriddinovning qonida testosteron miqdori me'yoridan ortiq bölgani aniqlangan. Kişi muayyan oziq-ovqatlarni iste'mol qilganda ham uning tanasida erkaklik gormoni sanaluvçi modda miqdori ortişi kuzatiladi, bu esa doping testi ijobiy natija berişiga olib kelişi mumkin.
«Tabiiyki, testosteron miqdori past odamdan sportçi çiqmaydi. Bizga kelgan xatda Nuriddinovda bu gormon belgilanganidan qançaga köp çiqqani aytilmagan, faqat me'yordan oşiqligi aniqlandi, deyilgan. Xalqaro Antidoping Agentligi belgilagan tartibga asosan, doping tekşiruvi uçun olinadigan tahlil namunalari 10 yil davomida qayta körib çiqilişi mumkin», – dedi Şahrillo Mahmudov.
Mahmudovning aytişiça, ularga yöllangan xatda Nuriddinov qança muddatga musobaqalardan çetlatilganiga ham aniqlik kiritilmagan. Bu muddatning oydinlaşişi uçun 3-6 oy vaqt talab etiladi. Ana şundan söng, bir yoki ikki yillik diskvalifikatsiya qöllanişi mumkin.
«Agar testosteron miqdorining yuqori çiqqani bilan boğliq vaziyatni ijobiy asoslay olsak - uning oilali ekani, urolog-mutaxassis xulosasi va boşqa şu kabi faktlar yordamida - çetlatiş muddati qisqaroq bölişiga erişişimiz mumkin. Bu arbitraj sudi orqali hal böladi. Lekin baribir diskvalifikatsiyadan qoçib bölmaydi, doping aniqlangan vaziyatda şu paytgaça çetlatiş bölmagan hollar röy bermagan va bundan keyin ham bölmasa kerak.
Qoidalardan kelib çiqib, hozirgi vaziyatda çetlatiş muddati maksimal 2 yil, kamida 6 oyni taşkil qilişini aytişim mumkin» – dedi Mahmudov.
Mutaxassisning sözlariga köra, oğir atletikada sportçining optimal yoşi sifatida 23-27 yoşlar orasini körsatiş mumkin. 30 yoşga borib, aksariyat toş kötaruvçilar ösişdan töxtaydi va faqat öşa yoşga qadar çiqa olgan darajasini uşlab qolişi mumkin. Ma'lumot uçun, Ruslan ötgan oyda 27 yoşini qarşi oldi.

















