27 oktabr ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bloknot tutgan olti kişining ariq suvida turgani tasvirlangan suratni muhokama qilişdi. Kun.uz muxbirlari suriştiruvi davomida uşbu holat Toşkent viloyati Oqqörğon tumani, “Abdunosir Ğulom” fermer xöjaligi maydonida yuz bergani aniqlandi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi uşbu holat böyiça öz munosabatini bildirdi.
Mahkama matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonovaning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Boş prokuratura hozirgi paytda bu holatni tekşirmoqda.
«Boş prokuratura bu holatni tekşirmoqda, qat'iy aytişimiz mumkinki, bunday holatning yuzaga kelişida aybdor bölgan şaxslar, mansabi va darajasidan qat'i nazar, tegişliça javobgarlikka tortilişi ta'minlanadi», - dedi Surayyo Rahmonova.
Kun.uzʼga yetib kelgan axborotga köra, ariq suviga oyoq tiqqan kişilar Oqqörğon tumani hokimining qişloq xöjalik işlari böyiça örinbosari — Şerzod Murodov, Tuman suv xöjaligi boşliği — Tohir Mirzakarimov, tuman qişloq xöjaligi bölimi boşliği — Şarof Ahmedov, “Ozod” MFYning oqsoqoli — Zokir Musabekov, “Mavlonboy ota” fermer xöjaligini rahbari — Abror Mavlonov, “Abdunosir” fermer xöjaligi rahbari (ismi Nosir) bölib çiqdi.
Ma'lum qilinişiça, rahbarlar ğallani öz vaqtida suğormagan mas'ul va fermerlarni şu körinişda jazolagan.
Kun.uz’ga öşa kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Zoyir Mirzayev Oqqörğonda, suvga botgan oltovlondan sal narida bölgani haqida tuman hokimi örinbosari Şerzod Murodov aytib bergandi.
Suvda turgan kişilar. Oqqörğonda nimalar bölgandi?















