Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma'lumotga asosan Qöqon şahar Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi. Bu haqda Farğona viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.
Tadbir davomida “Vodil — Yangiqörğon” yönalişida harakatlanayotgan fuqaro A.A. boşqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomaşina kuzatuvga olinib, Buvayda tumani hududida töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilganda, avtomaşina saloni va yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan va bojxona rasmiylaştiruvidan ötganini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan, qiymati 72 million sömlik 40 dona “WI FI TV” nomli 32 dyuymli televizor borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Özbekistondan çiqiş yönalişida 1905 yilda işlab çiqarilgan madaniy boyliklar bojxona xodimlari tomonidan uşlab qolingani haqida xabar (https://t.me/kunuzFargona/3643) berilgan edi.
















