Surxondaryo viloyati Termiz şahrida B.E. ismli şaxs 2020 yilning yanvar oyida maktab öquvçisi bölgan 16 yoşli voyaga yetmagan qizning ojizligidan foydalanib, nomusiga tekkan. Bir oy ötib, bu voqeani internetga ovoza qiliş bilan qörqitib, qizni takroran zörlagan.

Senator Farhod Boqiyev Senat rasmiy saytidagi çiqişida şu haqda ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, jabrlanuvçining ota-onasi Termiz şahar IIO FMBga ariza bilan bir neça marta murojaat qilganiga qaramay, B.E.ga nisbatan qariyb 14 oydan beri jinoyat işi qözğatilmay kelinmoqda – mas'ullar yuzaki örganişlar bilan çeklangan va işni bosti-bosti qilib kelgan.

Qizning yaqinlari Termiz şahar IIO FMBda B.E.ning döstlari işlaşi sababli iş bosti-bosti qilib kelinayotganini aytgan. Bu organdan umidini uzgan ota-ona «sönggi çora sifatida» Senatga murojaat qilgan. Senat holat xolisona örganilişi va yakunda qonuniy qaror qabul qilinişini nazoratga olgan.

10 aprel kuni Içki işlar vazirligi bayonot berib, Termiz şahar IIB xodimlarining xizmat mavqeyini suiiste'mol qilayotganliklari töğrisida senator bildirgan ma'lumotlarni örganiş böyiça vazirlik işçi guruhi tomonidan xizmat tekşiruvi boşlanganini ma'lum qildi.

IIB nomusga tegiş jinoyatini bosti-bosti qilişi birinçi marta emas

Avvalroq ham şunga öxşaş nomusga tegiş holatlari yuz bergan va içki işlar organlari xodimlari jinoyatlarni yaşirişga urinişgan.

Xususan, xonanda Jasur Umirovning bir guruh şaxslar bilan voyaga yetmagan qizni zörlab, nomusiga tekkani holati ekspertiza xulosalari tasdiqlab turgan bölişiga qaramay, Kattaqörğon tuman IIB xodimlari tomonidan yaşirib kelingandi.

Hodisa OAV va jamoatçilik e'tiboriga tuşgandan söng xonanda va uning şeriklariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan ularga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.

Kattaqörğondagi jinoyat bilan deyarli bir vaqtda Toşkent viloyatida sodir etilgan 14 yoşli qizning nomusiga tegiş jinoyati hamon oçilmay qolmoqda. Qizning ota-onasi 2020 yil sentyabr oyida Örta Çirçiq tuman IIBga murojaat qilganiga qaramay, oradan yarim yil ötganiga qaramay jinoyatçilarga nisbatan haligaça heç qanday çora