«AI-80 benzini 4 ming sömdan ham arzonlaşiga işonçim komil» - «Özbekneftgaz» raisi örinbosari
|23:29 / 27.05.202038 3258 min
Ma'lum bölişiça, «Özbekneftgaz» aprel oxiri – may boşida brent markali neft narxi 22-25 dollar bölgan payt 200 ming tonnadan ortiq xomaşyo import qilgan. Şuning hisobiga, Uluğbek Aşurovning sözlariga köra, yil oxirigaça neft narxi oşib ketsa ham, benzinning hozirgi narxlarini bir maromda saqlab turişga harakat qilinadi.
Kun.uz onlayn intervyularining navbatdagisida «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Uluğbek Aşurov sönggi vaqtlarda köp muhokamalarga sabab bölayotgan bir neçta masalaga munosabat bildirdi.
Intervyuda «Özbekneftgaz»ning AI-80, AI-91 va AI-92 markali import benzinga aksizni 5 foizdan 20 foizga oşirişni taklif qilgani, benzin narxi va sifati kabi masalalarda söz bordi.
– Prezident farmoni bilan yaqinda AI-80 markali benzin va dizel yoqilğisi çakana narxini davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilingan. Hozirça bu faqat AI-80 markali benzin va dizel yoqilğisigagina tegişli bölsa ham, bu qadam jamoatçilik tomonidan iliq kutib olingandi. Biroq import qilinadigan neft mahsulotlariga aksiz soliği stavkalarini oşiriş orqali yana ortga qaytilmayapti?
– Buni ortga qaytiş deb öylamayman. Nega? AQŞni bozori eng rivojlangan davlat deb hisoblaymiz. Xitoy bilan örtasidagi iqtisodiy uruş deyiladimi, özlarining işlab çiqaruvçilarini qöllab-quvvatlaş uçun har xil mexanizm, usullarni qabul qilişadi. Qöşimça sertifikatsiyalar qilişadi, qöşimça bojlar kiritiladi.
Hozirgi kunda bizda – «Özbekneftgaz» korxonasi ostidagi tarmoqlarga nisbatan «bular raqobatdan qörqişadi», deb aytişadi. Bunday emas, çunki bizning öz örnimiz bor. Biz narxni saqlab turibmiz. Bozorda narxni bir maromda saqlab turiş uçun birjaga ham neft mahsulotlarini yetkazib turibmiz. «Özbekneftgaz» 4 ming söm narxni belgilaşi hisobiga boşqa markadagi benzinlarning narxi keskin tuşdi.
«92» benzin boşqa zapravkalarda 7200 söm edi. «85»ning narxi 8 ming sömdan ortiqroqqa realizatsiya qilinadi, yoqilğisi ham 8 mingga yaqin edi. Lekin biz hozir xarajatlarni qisqartiriş, boşqaruv samaradorligini oşiriş, logistika xarajatlarini kamaytiriş hisobiga tannarx xarajatlarini 4 ming sömgaça yetkazdik.
Ertaga 4 ming söm narx qotib qolmaydi, narxlar bundan ham pastga tuşişiga aminman. Narxning öynaşini oldini oliş maqsadida xomaşyo konyunkturasi juda ham yaxşi böldi. Aprel oxiri – may boşida brentning narxi 22-25 dollar bölgan payt «Özbekneftgaz» tomonidan 200 ming tonnadan ortiq xomaşyo import qilindi. Hozirgi kunda zavodlarimizda, neft bazalarimizda 300 ming tonnaga yaqin tayyor mahsulot mavjud. Bu tayyor mahsulotlarning tannarxi nisbatan past, çunki biz buni arzon xomaşyo hisobidan işlab çiqarganmiz.
Mavzuga oid
Keyinçalik yilning oxirigaça neftning narxi oşib ketadimi, konyunktura özgaradimi – bu narxni bir maromda saqlab turişga harakat qilamiz.
Yana bir narsani aytib ötiş kerakki, neft-gaz korxonalari, ayrim neftni qayta işlaş zavodlari yirik soliq tölovçilar hisoblanadi. Örtaça 4 ming söm narxda örta hisobda 1000 söm soliq ham qöşilgan. Bu, öz navbatida, budjet tölovlariga ham ta'sir qiladi.
– Neft-gaz sanoati böyiça erkin bozor şaroitiga ötiş bosqiçma-bosqiç amalga oşirilyapti. Erkin bozor şaroitida iste'molçida tanlov imkoniyati bölişi, kimning mahsuloti arzon, sifatli bölsa, özi tanlaşi kerak emasmi? Özbekistonda ham özimizda işlab çiqarilayotgan neft mahsulotlari, ham import qilinayotgan benzin sotilsa, özaro raqobat bölsa, bundan oddiy odamlar yutmaydimi? Içki bozor bunday sun'iy himoya qilinadigan bölsa, uning yaşovçanligi qanday böladi?
– Bozorda raqobat muhiti yaratilişining birinçi tarafdori bizmiz. Buni sun'iy deb ham aytib bölmaydi, çunki boşqa davlatlar tomonidan importlarni töxtatiş, eksportni qöllab-quvvatlaş masalalari kötarilmaganda, hamma bir xil darajada işlaganda heç qanday muammo bölmasdi. Lekin boşqa davlatlarning öz işlab çiqaruvçisini qöllab-quvvatlaşi hisobiga raqobat şaroiti ösdi. Şuni töğrilaş uçun buni taklif sifatida berganmiz.
Bu – taklif, albatta. U körib çiqiladi. Har tomonlama hisob-kitob qilib, qabul qiliş-qilmaslik masalasi körib çiqiladi.
– Aytişlariça, kelgusida yana bir qator markali benzinlarning arzonlaşişi kutilayotgan ekan. Odamlarga, iste'molçilarga yengil böladigan qanday yangiliklar amalga oşirilişi kutilyapti?
– Iste'molçilarga yengil bölişi uçun katta işlarni amalga oşiryapmiz. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda 91 benzinning narxi yuqori deb aytilyapti, men bu narsa bilan özim şaxsan şuğullandim, narxni tuşiriş böyiça işlar amalga oşiryapmiz. Keyingi hafta 91 benzin narxini qayta körib çiqiş masalasi kun tartibida turibdi.
Qayta körib çiqiş qanday böladi? Birja qöyadigan narxni tuşiramiz. Xuddi şunday tarzda dizel yoqilğisi narxlarini maksimal darajada qayta körib çiqamiz.
Birinçi navbatda, narxning şakllanişi «Özbekneftgaz» tomonidan amalga oşirilmaydi. Birjada talab va taklifdan kelib çiqqan holda narx şakllanadi. Lekin «Özbekneftgaz» katta işlab çiqaruvçi bölgani uçun bu talab va taklifga öz hissasini, uluşini qöşişi mumkin. Va şuning uçun birinçi navbatda neft mahsulotlarini arzon va sifatli yetkaziş böyiça harakatlarni amalga oşiramiz.
Köpinça ijtimoiy tarmoqlarda «Özbekneftgaz» işlab çiqarayotgan benzin, dizel yoqilğisining sifati past deyiladi. Sifati pastligi böyiça fikr notöğri deb öylayman. Çunki har bitta zavod standart svyazkadan ötkazilgan. Har bitta neft bazamizda benzin, dizel yoqilğisi zamonaviy laboratoriyalar tomonidan tekşiriladi.
— Ijtimoiy tarmoqlarda: «Narxlar tuşirilayotgani yöq, balki hozir AI-80 markali benzin narxi tuşirildi, deya AI-76 markali bezin yoki AI-91 benzinning narxi arzonlaşdi, deb AI-80 benzin sotilyapti», degan gaplarga közimiz tuşyapti.
— «Özbekneftgaz» rais örinbosari sifatida ayta olamanki, mahsulot sifatiga javob beramiz. Sifat böyiça asosli e'tiroz bölsa, «Özbekneftgaz» korxonalari tomonidan nafaqat moddiy, ma'naviy zararni qoplaşga ham tayyormiz. Çunki zavodlarimiz nafaqat özimizning standartizatsiya organlari tomonidan sertifikatlar qabul qilgan, bundan taşqari, xalqaro sertifikatlari ham mavjud. Men sizga ularni alohida elektron körinişda yuboraman. [Suhbatimizni] körayotganlarda «oğizda aytiladi, lekin aslida ular yöq», degan fikr bölmasligi uçun sertifikatlarning nusxasini sizga taqdim etaman.
Sifat masalasiga katta e'tibor beramiz. Har bitta zavoddan çiqadigan partiyaga nazorat tizimi örnatilgan. Bundan taşqari, 70dan ortiq «UNG PETRO» MÇJga qaraşli yoqilği quyiş şoxobçalari mavjud. Biz ham hozir xaridor uçun bozorda kuraşyapmiz, buni oçiq aytiş kerak. «UNG PETRO» orqali çakana savdo ketadi, sifatni saqlab qoliş uçun 4ta maxsus guruh, maxsus laboratoriyalar mavjud.
Har bitta zapravkada har hafta sifat böyiça analiz qabul qilinadi, mavjud qoldiqlar tekşiriladi, kunlik tekşiriş amalga oşiriladi.
«UNG PETRO» MÇJga qaraşli yoqilği quyiş şoxobçalarida şunday holatlar bölsa, buni joyiga çiqib, örganiş tarafdorimiz. Boşqa kompaniyalar bilan raqobatlaşiş harakatini qilyapmiz.
– Deylik, iste'molçi benzin sifatidan şubhalandi, bu böyiça qay tarzda sizlarga tezda xabar berişi mumkin? Telegram-bot yoki işonç telefonlari yölga qöyilganmi?
– Işonç telefonlari ham (71 200-01-24), Telegram-bot ham mavjud. Şubhali holat paydo bölganda, operativ tarzda laboratoriyani joyiga yuborib, kerak bölsa, öşa iste'molçi bilan birgalikda masalani joyida örganib çiqib, joyida xulosasini çiqaramiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi