O‘zbekiston | 17:57 / 24.01.2022
11957
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga kirishda majburiy ekspress-test topshirish talabi bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 25 yanvardan boshlab O‘zbekistonga kirib kelishda barchadan ekspress-test olish talabi bekor qilindi.

Toshkent xalqaro aeroportidagi ekspress-test punkti / Foto: Kun.uz

Ekspress-testni kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirusga manfiy natijali PZR-test ma’lumotnomasi bo‘lmagan yo‘lovchilargina topshiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur yangi tartib aeroportlar, vokzallar va avtomobil (piyodalar) o‘tkazish chegara punktlariga birdek taalluqli.

O‘zbekistonga kelayotgan barchadan, jumladan PZR-test natijasi borlardan ham majburiy ekspress-test olish tartibi 15 yanvardan joriy etilgan va jiddiy tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Aeroportlarda test narxi 5 dollar deb belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz bu borada bir nechta maqolalar e’lon qilib keldi. Oktabr oyida muxbirimiz Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga borib, chegaralardagi mantiqsizliklar haqida videoreportaj tayyorladi.

Bir necha kun oldin xalqaro manbalar asosida tayyorlangan maqolada Maxsus komissiya qarorini g‘ayriilmiy deb hisoblash uchun asoslar keltirib o‘tildi.

Mavzuga oid