Respublikada 1-9 may oraliğida kuniga örtaça 34 kişida Covid-19 aniqlandi. Ammo oxirgi uç kunda koronavirus taşxisi qöyilganlar soni 60 nafardan kam bölmayapti.
SSV huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Habibulla Oqilovning sözlariga köra, yangi holatlar asosan karantinga olinganlar içidan qayd etilmoqda.
Oqilov 13 may kungi brifingda yangi holatlar asosan quyidagi uç toifa fuqarolar bilan boğliq ekanini ma'lum qildi:
- charter-reyslarda çet ellardan olib kelinayotgan vatandoşlar,
- avtomobil yöllari orqali çegaradan ötib kelayotgan fuqarolar,
- uzoq masofalarga qatnovçi, katta yuk taşuvçi transport vositalari haydovçilari («dalnoboyşçiklar»).
«Qolgan aholimiz orasida aniqlangan holatlar foizi kamroq va bu holat karantin çoralari yumşatilişi bilan boğliq emas», – dedi SSV rasmiysi.
Özbekistonda SARS-CoV-2 virusini yuqtirib olganlarning jami soni 2568 nafarni taşkil etmoqda. Ulardan 80 foizi tuzaldi, 10 kişi vafot etdi.
Bugun, 13 may kuni soat 10:00 holatiga köra 21 kişida koronavirus aniqlangan. Vazirlik xabariga köra, ulardan 15 nafari – xorijdan kelib karantinga olinganlar, qolgan 6 nafari ham oldindan karantinda bölgan fuqarolardir.
Eslatib ötamiz, 8-11 may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli va Frankfurt şaharlaridan charter reyslar orqali 1243 nafar fuqaro olib kelinib, karantinga joylaştirildi.
Bugundan boşlab 24 maygaça har kuni bittadan charter reys amalga oşiriladi, ularning barçasi Toşkentga qönişi belgilangan. 12ta reysdan 7tasida Rossiyadagi özbekistonliklar olib kelinadi.


















