Jizzax viloyatida 2021 yil 12 dekabr kuni bölib ötadigan Qişloq xöjaligi xodimlari kuni bayramini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça viloyat hokimining tegişli farmoyişi imzolandi.

“Viloyat moliya boşqarmasi (A.Rahmatullayev) viloyat mahalliy budjeti daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismi mablağlari hisobidan Qişloq xöjaligi xodimlari kuni bayramini yuqori saviyada nişonlaş uçun 1 894 814 000 (bir milliard sakkiz yuz töqson tört million sakkiz yuz ön tört ming) söm mablağni viloyat hokimligiga ajratsin”, deyilgan Ergaş Soliyev imzolagan farmoyişda.

Hokimlik rasmiy izohida tuşuntirişiça, bu mablağ ajratilişi 27 noyabr kuni boş vazir Abdulla Aripov boşçiligida Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan yiğilişdagi topşiriq ijrosi bilan boğliq.

Yiğilişda “Hosil bayrami”ga tayyorgarlik köriş va uni nişonlaş böyiça körsatma berilgan. Hokimlik şunga asosan qariyb 1,9 mlrd sömni 11 dekabr kuni Döstlik tumanida 20 ming aholiga xalq sayli tarzida “Hosil bayrami” taşkil etiş, 12 dekabr kuni mingga yaqin agrar soha faollarini rağbatlantiriş va bayram tadbiri taşkil etiş uçun ajratgan.

Ma'lumot uçun, ötgan hafta Jizzax viloyati maktab öquvçilarga eng kam pul ajratilgan viloyatlar uçligidan joy olgandi. Jizzax viloyatida har bir öquvçi soniga ajratilgan örtaça mablağ miqdori (9940 söm) Andijon viloyatidagi körsatkiçdan (95260) 9,5 barobarga, Qoraqalpoğistondagi körsatkiçdan 8,6 baravarga kam.

Avvalroq Kun.uz Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangikent mahallasida aholi içimlik suvni bir neça yildan beri sotib olayotgani, hududga toza içimlik suv tortib keliş masalasi viloyat miqyosida kötarilgan bölsa-da, natija bölmayotgani haqida xabar bergandi.

Bundan oldin viloyat hokimining qizi Nargiza Soliyevaning “My Flower” korxonasi Jizzax şahri markaziy köçalariga gul va manzarali ösimliklar ekiş böyiça jami qiymati 4 mlrd sömga yaqin 3ta davlat buyurtmasini qölga kiritgani e'tirozlarga