2020 yil 9 oylik yakunlari böyiça Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining ijrosi töğrisidagi hukumat hisobotini Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari çuqur tanqidiy tahlildan ötkazdi.

Joriy yil 9 oyda Davlat budjeti daromadlari 94 457,2 mlrd. sömni taşkil etgan bölsa, xarajatlar (davlat maqsadli jamğarmalarisiz) 102,164,8 mlrd. sömga yetgan. Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalaştiriş uçun 53 685,3 mlrd. söm (umumiy xarajatlarning 52,5 foizi) sarflandi. Davlat budjetining ijtimoiy yönaltirilgani Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsadlariga muvofiq keladi.

Fraksiya a'zolari muhokamalar jarayonida ijtimoiy sohaga yönaltirilgan mablağlarning qançalik samarali sarflangani masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Hisobot davrida ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida 129,1 mlrd. söm budjet ijrosida kamomad va asossiz xarajatlar aniqlangani deputatlar tomonidan keskin tanqid qilindi.

Xususan, pandemiya bilan boğliq murakkab vaziyat bölişiga qaramay, soğliqni saqlaş sohasiga ajratilgan budjet mablağlarining qariyb 22 mlrd. sömi bemaqsad sarflangan. Şundan 17,8 mlrd. sömi noqonuniy özlaştirilgani fraksiya a'zolarining qat'iy e'tirozlarini keltirib çiqardi.

Hozirgi kunda dolzarb bölib turgan koronavirusga qarşi kuraşiş uçun jalb etilgan tibbiyot muassasalarida Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasidan ajratilgan mablağlarning 70,7 mlrd. sömi qoidalarga amal qilmagan holda, sarflab yuborilgan.

Maktabgaça ta'lim vazirligi tizimida 10 mlrd, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tizimida 6,3 mlrd,  Suv xöjaligi tizimida 4 mlrd söm miqdorida moliyaviy qonunbuziliş holatlariga yöl qöyilgan.

Deputatlar ijtimoiy sohalardagi muammolarni hal etiş asosiy vazifasi bölgan vazirliklarda bunday xatolarga yöl qöyilgani murosa qilib bölmaydigan holat ekanini ta'kidlaşdi.

Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi xarajatlar rejasi 542,4 mlrd. söm etib belgilangan bölsa-da, şuning 63 foizigina işlatilgan. Vaholanki, pandemiya şaroitida işidan ayrilgan, oilaviy daromadini yöqotgan, kasb-hunar örganişga xohişi, ehtiyoji katta bölgan fuqarolar hududlarda köpçilikni taşkil etadi.

Yana bir muhim jamğarmaning budjeti ijrosi haqidagi ma'lumotlarga e'tibor qarataylik. Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantiriş jamğarmasidan suv ta'minoti va oqova xizmatini yaxşilaş uçun ajratilgan 1,95 trln. mablağning 64,2 foizigina işlatilgan. Holbuki, hududlarda içimlik suvi masalasida köplab muammolar yuzaga kelmoqda, bu aholining haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda.