Turkmanistonning «Turkmengaz» davlat konsernida 6 kişi, jumladan, Moddiy-texnika resurslari va asbob-uskunalar boşqarmasi rahbari Şuhrat Ajdarov va «Turkmengazaqdiriş» uyuşmasi rahbari vazifasini bajaruvçi Şuhrat Çopanov hibsga olindi. Ular Turkmanistondagi eng yirik «Galqiniş» gaz konida yuz bergan avariya va Özbekistonga gaz yetkazib berişning töxtab qolişida aybdor deb topilgan. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.

Qayd etilişiça, «Turkmengaz» rahbari Botir Amanov va uning örinbosari Otamurod Çoriyev hozirça jazodan qutulib qolişga muvaffaq bölgan.

Turkmaniston boş prokuraturasi hisob-kitoblariga köra, Galqiniş konidan Özbekistonga gaz yetkazib beriş töxtab qolgan 6 kunda yetkazilgan zarar miqdori 59,7 million dollarni taşkil qilgan. Bundan taşqari, Turkmanistonni Xitoyga gaz yetkazib bermagani uçun ham jarima kutmoqda.

Galqiniş konida avariya yanvar oyining eng sovuq kunlarida quritiş datçiklari işlamay qolgani oqibatida yuz bergan edi.

Turkmen.news manbasining xabar berişiça, Özbekiston tomoni gaz yetkazib berilişida uziliş bölgani uçun Turkmanistondan katta miqdorda pul kompensatsiyasi talab qilgan. Biroq muzokaralardan söng, Özbekiston tomoni yetkazilgan zarar miqdorida suyultirilgan gaz olişga rozi bölgan. Turkmaniston rasmiy matbuotida suyultirilgan gazning bepul berilişi «qöşni davlatga döstona va birodarlik yordami» sifatida taqdim etilgan.

Manbaning qayd etişiça, Turkmaniston tomoni Özbekistondan bu harakatlarga izoh bermaslikni söragan.

Eslatib ötamiz, 12 dekabr kuni Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov Aşxobodga taşrif buyurib, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan uçraşdi. Safar çoğida Özbekistonga qöşimça ravişda kuniga 20 mln kub metr gaz beriş (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) böyiça kelişuvga erişilgan va şartnoma imzolangan edi.

12 yanvar kuni «Turkmengaz» tomonidan Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatildi. Bunga «Galqiniş» gaz konida yuz bergan avariya sabab bölgani aytildi. 21 yanvar kunidan gaz yetkazib berilişi tiklangan edi.