O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda keskin pastladi

Foto: Fotolia
Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e'lon qildi. Unda 2019 yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma'lumotlar bor.
Servis reytingga o‘nlab yangi davlatlarni qo‘shdi, shuning uchun ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning pozitsiyalari pasayib ketdi.
Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 137 davlat ichida 129-o‘rinni egalladi (8,80 Mbit/s). Simli internet tezligi bo‘yicha mamlakat 177 pog‘onadan 131-o‘rinni egalladi (11,31 Mbit/s).
Shu tariqa, O‘zbekiston reytingda mobil internet bo‘yicha 18 pog‘onaga, simli internetda esa 23 o‘ringa pastlagan.
Islandiya mobil internet tezligi bo‘yicha (73,93 Mbit/s), Singapur simli internet tezligi bo‘yicha (197,94 Mbit/s) birinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yilning sentabr oyi boshida Facebook’dan foydalanishda muammolar yuzaga keldi, oktabr oyidan esa YouTube portaliga ham yordamchi vositalarsiz kirib bo‘lmay qoldi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Elektron tijoratda kurerlik faoliyatini tartibga solish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 12:28
-
Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini tuzdi
Jahon | 12:26
-
Yevropa Ittifoqining 16 davlati mudofaa xarajatlarini oshirmoqchi
Jahon | 12:15
-
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi
O‘zbekiston | 11:44
Mavzuga oid

20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi

08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi

13:52 / 02.11.2020
Starlink internetining tezligi raqobatchilaridan 4 barobar yuqoriligi ma'lum bo‘ldi

20:29 / 29.10.2020