Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Putinni tabrikladi
Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev
KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Koreya Yaponiya hukmronligidan ozod etilganligining 73 yilligi munosabati bilan tabriknoma yo‘lladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Kim Chen In tabriknomada prezident va «do‘st» mamlakat fuqarolarini qutladi, shuningdek, Putinga «qudratli Rossiyani qurish bo‘yicha mas'uliyatli ishda yanada katta muvaffaqiyatlar» tiladi.
«Har ikki mamlakat fuqarolari har kuni og‘ir urushda umumiy dushmanga qarshi yelkama-yelka kurash olib borganiga oid an'ana - bu KXDR bilan Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning eng mustahkam asosidir. U ikki tomonlama munosabatlarni yangi davr talablari asosida yanada rivojlantirish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi», - deyiladi telegrammada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yadrosizlanish bo‘yicha AQShning «bosqinchilarga xos» talabini rad etgandi.
Mavzuga oid
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
20:22 / 22.05.2026
Putinning reytingi pasayishda davom etmoqda
17:04 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Vladimir Putin bilan muloqot qildi
14:15 / 21.05.2026