Qarorga köra, 2021/2022 öquv yili qabulidan boşlab tegişli umumta'lim fanini (çet tili bundan mustasno) biliş darajasi töğrisida davlat namunasidagi sertifikatga ega bölgan abituriyentga sertifikatdagi özlaştiriş foiziga mos ravişda oliy ta'lim muassasasi bakalavriatiga öqişga qabul qiliş böyiça test sinovlarida uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball beriş tartibi joriy etiladi.
Umumta'lim fanlari böyiça sertifikatlaş quyidagi muddatlarda joriy etiladi:
- 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (özbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari böyiça;
- 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari böyiça;
- 2022-2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari böyiça.
Sertifikat beriş uçun tuziladigan test savollari Xalq ta'limi vazirligi va Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan işlab çiqiladi.
Sertifikat beriş uçun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari miqdorida tölov undiriladi.
Sertifikat test sinovi natijasi böyiça eng yuqori ballning kamida 60 foizini töplagan şaxslarga 3 yil muddatga beriladi.
Talabgor test sinovida qatnaşiş uçun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida röyxatdan ötadi va şaxsiy kabineti orqali kerakli hujjatlarni yuklaydi.
Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da ötkazilişi mumkin.
Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erişgan talabgorga test sinovi natijalari e'lon qilingan kundan boşlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyruği asosida elektron şaklda beriladi. Talabgor sertifikatni şaxsiy kabineti orqali yuklab olişi mumkin.

















