Serdar Berdimuhamedov Turkmanistondagi eng yirik “Galqiniş” konida / Foto: centralasia.media

Turkmaniston 21 yanvardan boşlab Özbekistonga gaz eksportini bosqiçma-bosqiç tiklamoqda. Bu haqda Kun.uz'ga “Öztransgaz” matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Kunlik yetkazib beriş hajmi bosqiçma-bosqiç 16 mln kubometrgaça köpaytiriladi. Havo keskin sovib ketişidan avval ta’minot hajmi aynan şunça edi”, – deyiladi “Öztransgaz” axborotida.

Turkmaniston Özbekistonga gaz eksportini 12 yanvarda töxtatib qöygan edi. Ayrim manbalar bunga Rossiyaning bosimi sabab bölgani, yana ayrim manbalar qattiq sovuq sabab Turkmanistondagi “Galqiniş” konida texnik nosozliklar yuzaga kelganini bildirgandi. 20 yanvarda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov şu konga borgani xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, dekabr oyida Özbekiston va Turkmaniston birinçi marta uçinçi tomonning iştirokisiz, faqat ikki tomonlama muzokaralar orqali qisqa muddatli gaz ta’minoti böyiça kelişuvga erişgan. Öşanda rasmiy manbalar anonim holatda kuniga 20 mln kub metr (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) gaz importiga kelişilganini aytgandi.

Avvalroq Rossiya Özbekistondan gaz-transport tizimini “Gazprom”ga berişni söragani ma’lum bölgandi.

Ayni paytda, Özbekiston Xitoyga gaz eksportini töxtatgani haqidagi özbek rasmiylarining axborotlarini Xitoy tomoni inkor etmoqda.