14 aprel kuni qator manbalar Şuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingani haqida xabar berdi.
Manba viloyatning barça idora va taşkilotlari rahbarlari iştirokida ötgan yiğilişda Abdurahmonovning hokimlik guvohnomasi olingani haqida aytgandi.
Şuningdek, Andijon viloyatiga şu paytgaça viloyat hokimining birinçi örinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Dilşodbek Karimov vaqtinçalik rahbar etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Abdurahmonovning işdan ketişi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, unga tegişli ekani taxmin qilingan intim video bilan boğlandi. Videoyozuvning bir qismi xiralaşgan, hokimning yuzi eng oxirida köringan.
UPD: Bu ma’lumot tasdiqlanmadi. Ayni vaqtda viloyat hokimi öz vazifasini bajarişda davom etmoqda.
Ma’lumot uçun, Şuhratbek Abdurahmonov ayni vaqtdagi viloyat hokimlari orasida eng uzoq vaqt - 10 yil davomida bir viloyatga rahbarlik qilib turgan hokim bölib turibdi. U 2004 yildan 2011 yilgaça viloyatning Paxtaobod tumani hokimi bölgan, 2011-2013 yillarda viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölib işlagan.
2013 yil 1 aprelida Andijon viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi vazifasiga tayinlangan, 2013 yil 26 aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyat sessiyasida uning nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning avgust oyida Andijon şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev ham şahvoniy videotasvirlari internetda tarqalişi ortidan işdan olingan edi.
D.Rahmatullayev işdan olingan sessiyada Ş.Abdurahmonov şunday degan edi:

















