Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov işdan ketgani haqidagi xabar rad etildi.
«Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov Şuhratbek Qöşoqboyeviçning lavozimidan olindi, degan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi», deyiladi ÖzA xabarida.
Bugun Şuhrat Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingani va uning örniga birinçi örinbosari Dilşod Karimov tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Bir kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Şuhrat Abdurahmonovga tegişli deya taxmin qilinayotgan intim video tarqalgandi. Videoyozuvning bir qismi xiralaşgan, hokim yuzi eng oxirida köringan.

















