“2019 yilda Vakil tomonidan Surxondaryo, Qaşqadaryo, Namangan, Farğona, Andijon, Buxoro, Navoiy va Toşkent viloyatlarida joylaşgan 20 ta jazoni ijro etiş muassasasiga va 6 ta tergov hibsxonasiga, jami 26 ta monitoring taşrifi amalga oşirilgan. Şuningdek, viloyatlardagi 963 öringa möljallangan 12 ta Reabilitatsiya markazida ham monitoringlar ötkazilgan.
Monitoring taşriflari davomida qamoqda saqlaş joylaridagi şaxslar bilan jamoaviy uçraşuvlar (3000 dan ortiq) va yakka tartibdagi suhbatlar (248 kişi bilan) ötkazilgan. 2020 yilning 25 may kuniga qadar, Vakilga kömaklaşuvçi va jamoatçilik asosida faoliyat körsatuvçi ekspert guruhi tomonidan qamoqda saqlaş joylarida jami 20 marotaba monitoring taşriflari amalga oşirildi. Jumladan, Toşkent şahri, Jizzax, Namangan va Toşkent viloyatlarida joylaşgan 9 ta jazoni ijro etiş koloniyasida va 11 ta manzil-koloniyalarda monitoring ötkazildi”, deya Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) Uluğbek Muhammadiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda ta'kidlanişiça, ekspert guruhi tomonidan koronavirus pandemiyasi şaroitida ham 10 ta JIEM, jumladan 4 ta jazoni ijro etiş koloniyasida va 6 ta manzil-koloniyalarda koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça belgilangan qoidalarga töliq rioya qilingan holda monitoring ötkazilgan.
“Monitoringlarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman), uning örinbosari – Bola huquqlari böyiça vakil, Inson huquqlari böyiça milliy markaz, şuningdek “Yuksaliş” umummilliy harakati, “Demokratiya va inson huquqlari instituti” hamda Özbekiston inson huquqlari “Ezgulik” nodavlat notijorat taşkilotlarining vakillari iştirok etdilar.
Ötkazilgan monitoringlar davomida mahkumlarni qamoqda saqlaş şaroitlari, jumladan, yaşaş va ovqatlaniş, şuningdek, mehnat qiliş va tibbiy yordam körsatiş holati va sifati, mahkumlar uçun olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy işlar hamda koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi holatlari örganildi.



















