Senat sayti hakerlar hujumiga uchradi
Hakerlar Kiberxavfsizlik markaziga “salom yo‘llashgan”. Hujum natijasida saytdagi ma’lumotlar o‘chib ketgani yoki yo‘qligi ma’lum emas.

Internetda tarqalgan skrinshot
2 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining rasmiy sayti kiberhujumga uchradi. Natijada saytga kirish bir muddat imkonsiz bo‘lib qoldi.
Bu vaqtda saytda “Kiberxavfsizlik markaziga salomlar” hamda “sizning tizimingiz [hakerlar guruhining logotipi] tomonidan buzib kirildi” degan yozuv ko‘rinib turdi.
Senatning Telegram'dagi rasmiy kanalida hakerlar hujumi tufayli saytning ish qobiliyati buzilgani, ayni paytda sayt faoliyatini qayta tiklash choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.
Hozirda Senat.uz saytiga kirmoqchi bo‘lsangiz, u sizni subdomenga yo‘naltiradi. U yerda Senatning yangicha dizayndagi, ammo ma’lumotlari ancha eski saytini ko‘rishingiz mumkin.
“Saytimiz haqiqatda kiberhujumga uchragani rost. Hozir AKT bo‘limimiz muammoni bartaraf etish ustida ishlayapti. Saytni qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda. Hozircha hakerlar hujumi natijasida saytdagi qancha ma’lumot o‘chib ketgan yoki ketmagani noma’lum. Aftidan, sayt shunchaki bloklab qo‘yilganga o‘xshayapti.
O‘zi Senat saytini yangilamoqchi edik. Saytning yangi talqini tayyorlangandi. Kiberhujum ortidan AKT mutaxassislari test rejimidagi saytni vaqtincha ishga tushirib qo‘yishdi. Bu yerdagi ma’lumotlar ancha eski, yangilanmagan. Tez orada saytning yangi talqini ishga tushiriladi va u deyarli hozirgi ko‘rinishda bo‘ladi. Eski saytdagi ma’lumotlar hajmi taxminan 20 gigabaytni tashkil etadi. Ular yangi platformagan ko‘chirib o‘tkazilishi kerak”, deydi Senat raisining matbuot kotibi Hojiakbar To‘laganov.
Avvalroq, iyun oyida Oliy attestatsiya komissiyasi sayti hakerlar hujumiga uchragandi. Hujum BWT hakerlar guruhi tomonidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgandi.
2021 yilning yanvarida Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi bir qator tuman va shahar hokimliklarining rasmiy saytlari hakerlar tomonidan buzib qo‘yilgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

11:11 / 15.03.2025