Bugun, 2023 yil 31 yanvar kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus şahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Uşbu jinoyat işi Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi Yelubay Abibullayev raisligida birinçi instansiya sudida körib çiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga köra:

Salamat Kalilayev Jinoyat kodeksi (JK)ning 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) qöllanilib, 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasi (uşlab turiş, qamoqqa oliş yoki uy qamoği vaqtini hisobga oliş qoidalari) ga asosan dastlabki uy qamoğida ötirgan 6 oy 4 kuni tayinlangan jazodan çegirilib, ötaş uçun 2 yil 5 oy 26 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi (şartli hukm qiliş) qöllanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan şartli deb belgilandi;

Berdaq Genjyebayev JKning 164-moddasi (bosqinçilik) 2-qismi «b» bandi, 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) 2-qismi «a» bandi va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qöllanilib, JKning 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) tartibida 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasi tartibida, dastlabki qamoqda saqlangan 1 oy 19 kuni çegirilib, ötaş uçun 4 yil 10 oy 11 kun ozodlikni çeklaş jazosi qoldirilib, unga nisbatan qöllangan uy qamoği ehtiyot çorasi bekor qilindi.