Bugun oliy ta'lim muassasalarida hujjatlar qabul qilişning sönggi haftasi boşlandi. Hafta yakunida, ya'ni 15 iyul – yakşanba kuni qabul komissiyalarining oxirgi iş kuni hisoblanadi.

Joriy yilda qabul jarayonlaridan köpçilikning umidi katta. Ötkazilgan sörovnomalarda ham avvalgi yillarga qaraganda birinçi marta test sinovlari adolatli ötişiga işonganlar soni nisbatan köproqni taşkil qilmoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Endi barçasi ijroçilarga boğliq. Xalqning umidi va işonçini, Prezidentning taşabbusini bor qiladigan ham, yöq qiladigan ham quyi böğindagi ijroçilardir. Hozirça test ötadigan pavilonlarni tayyorlaş, test jarayonidagi kuzatuv va qattiqqölliklar böyiça qilinayotgan taşkiliy jarayonlar şaxsan meni tölaqonli qanoatlantirmoqda.Menimça, bu yil qiziq böladi. Intiqlik bilan kutyapmiz.

Lekin şu örinda ayrim kamçiliklar haqida ham aytmasak bölmaydi. Bunday tanqidlardan şaxsiy manfaatimiz yöq, bor-yöq maqsadimiz kiriş imtihonlari jarayonidagi ayrim qonunbuziliş va ortiqça ovogarçilik holatlariga barham berişda kömaklaşiş xolos.

Aslida aytiladigan gap köp, lekin uşbu maqolada faqat ayrimlariga töxtalmoqçiman.

086-U ŞAKL BÖYIÇA TIBBIY MA'LUMOTNOMA KeRAKMI?

Avvalgi yillarda ham bu masala haqida fikr yuritgan edim. Ya'ni barça abituriyentlardan söraladigan 086-Uşakl böyiça tibbiy ma'lumotnoma nimaga kerak? Uşbu hujjatsiz ham qabul jarayonlarini taşkil qilib bölmaydimi? Bunga nima xalaqit beradi?

Sababi köpçiligimiz yaxşi bilamiz, tibbiyot muassasalaridan bunday ma'lumotnomani oliş yaxşigina azob. Tasavvur qiling, joriy yilda 800 mingga yaqin abituriyent hujjat topşiradi, bu degani 800 ming inson qisqa vaqt içida tibbiy körikdan ötişga majbur degani. Hali biz abituriyent bölmagan yana yuz minglab insonlarni qöşmayapmiz.

Navbat kutiş, xonama-xona yuriş, asabbuzarlik va boşqa ortiqça qoğozbozliklar şubhasiz korrupsiya tomon yetaklaydi. Çunki test sinovlariga tayyorlanib yurgan abituriyent uçun har bir daqiqa tilloga teng. Şu tilloni 10-15 ming sömga almaştirişga har qanday inson jon deydi.«Soğliğingiz özingiz uçun kerak», «Bu siz uçun foyda» degan quruq gaplar ularning quloğiga kirmasligi aniq.