Tavsiyanoma uçun xotin-qizlardan arizalar qabuli boşlandi. Talabgorlar uçun batafsil ma'lumot
|14:05 / 01.07.202073 87811 min
2020/21 öquv yili uçun qabuldan boşlab, xotin-qizlar uçun jami davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlariga nisbatan qöşimça 4 foizli grant ajratilişi belgilandi. Uşbu tört foiz – bu yil 940ta grant kvota demakdir. Kun.uz muxbiri uşbu yangilik yuzasidan atrofliça ma'lumot töpladi.
Avvalo aytiş joiz, bu imtiyoz bakalavriatning kunduzgi ta'lim şakli böyiça va faqat tanlangan birinçi yönalişga öqişga kiriş uçun amal qiladi.
Grant kimlarga beriladi?
Grantga da'vogarlik qilişi mumkin bölgan xotin-qizlar qatlami ançagina keng:
kam ta'minlangan oiladan çiqqan xotin-qizlar;
töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida yaşayotgan yolğiz ayol (erkak)larning qizlari;
şaxsiy uy-joyi yöq, ijarada yaşayotgan oilalar;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi işsiz bölgan va iş qidiruvçi şaxs sifatida aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarida hisobda turganlar;
nogironligi bölgan farzandi bor oilalardan çiqqan xotin-qizlar;
oliy ma'lumotli xotin-qizlar bilan qamrab oliş darajasi respublikaning örtaça körsatkiçlaridan ikki yoki undan ortiq marta past bölgan tumanlar, şuningdek, olis va boriş qiyin bölgan hududlarda yaşovçi oilalardagi qiz farzandlar (öz hududida 3 yil işlaş şarti bilan – qaysi tumanlar ekani haqida quyida batafsil).
Qanday hujjatlar talab etiladi?
Yuqoridagi toifalarga mansub xotin-qizlar 24 iyundan 10 iyulgaça bölgan muddatda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining tuman va şahar bölimlarida taşkil etilgan işçi guruhlarga grant uçun hujjat topşirişlari mumkin.
Hujjatlar töplami quyidagilardan iborat böladi:
tuman (şahar) Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği nomiga ariza (dastlab, ariza vazir nomiga yozilişi e'lon qilingan edi. Biroq oxirgi variantda ariza vazirlikning tuman (şahar) bölimi boşliği nomiga yozilişi tasdiqlandi)
grant oliş uçun belgilangan talablardan biriga töğri kelişini tasdiqlovçi hujjatlar (ilovasi bilan);
ma'lumotnoma, obektivka;
umumta'lim maktabi yoki örta maxsus, kasb-hunar muassasasidan ma'lumotnoma (umumiy örta ta'lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatgani haqidagi hujjat nusxasi);
Mavzuga oid
Pasport yoki tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma nusxasi.
Öqiş joyidan ma'lumotnoma kelasi yillarda söraladi, bu yil emas
Talabgor öqigan maktabi, kolleji yoki litseyidan ma'lumotnoma olib kelişi haqidagi talab ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi.
Kun.uz grant bilan boğliq şu va boşqa savollar yuzasidan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligiga murojaat qildi.
Vazirlikning ma'lum qilişiça, talabgorning ma'lumotnoma topşirişi haqidagi talab Vazirlar Mahkamasining 23 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalariga qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda iştirok etiş uçun tavsiyanoma beriş va ularni öqişga qabul qilişni taşkil etiş tartibi töğrisida»gi nizomda belgilab qöyilgan.
«Lekin nizomdagi bu talab joriy yil uçun amal qilmaydi. Sababi qizlarga qöşimça grant ajratiş uçun tavsiyanomalar joriy yil tezlaştirilgan formatda beriladi.
Bundan keyingi yillarda 15 mayga qadar tavsiyanoma oliş uçun murojaat etuvçi xotin-qizlar hujjatlarini hududiy boşqarmalarga nizomda belgilangan muddatlarda taqdim etişlari kerak.
15 mayga qadar umumta'lim maktablari va örta maxsus ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan xotin-qizlar şahodatnoma yoki diplom olmagan böladi. Demak, ulardan qayerda ta'lim olişini körsatuvçi ma'lumotnoma söralişi töğri.
Öqişni oldingi yillar davomida tamomlagan talabgorlar Nizomga muvofiq, umumiy örta ta'lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatgani haqidagi hujjatga ega bölişi va nusxasini mezonga muvofiq boşqa hujjatlar bilan birga işçi guruhiga taqdim etişi lozim», – deya ma'lumot berdi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi.
Vazirlik vakillari bu yil grant uçun tavsiyanomalar qabul qiliş bitiruvçilarning ta'lim muassasalarini tamomlaganidan söng boşlanganini, demak, hammaning qölida ta'limni tugatganlik töğrisidagi hujjat borligini ta'kidladi va qölida ta'lim olganlik töğrisidagi hujjat bor talabgor qizlar maktab, kollej yoki litseyni tugatganlik töğrisidagi hujjat nusxasini topşirişi kifoya ekanini bildirdi.
Xotin-qizlar talablarga javob berişini tasdiqlovçi hujjatlarni qayerdan oladi?
Kam ta'minlangan oiladan çiqqan xotin-qizlar röyxati Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi qaroriga ilova qilingan «Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida»gi Nizomga muvofiq taşkil etilgan maxsus komissiyaning xulosasi va tuzilgan dalolatnomaga asosan aniqlanadi.
Töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar holati otasi yoki onasining yoxud har ikkisining ölim guvohnomalari nusxalari asosida aniqlanadi. Bu hujjat işçi guruhi tomonidan FHDYo organlaridan mustaqil ravişda idoralararo elektron hamkorlik orqali sörab olinişi ham mumkin.
14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida yaşayotgan yolğiz ayol (erkak)larning qizlarining holati mahallalar tomonidan aniqlanadi va işçi guruh tomonidan ularga töğri baho berilgani örganib çiqilişi mumkin. Ular haqidagi hujjatlarni ham işçi guruh FHDYo organlaridan mustaqil ravişda sörab olişi mumkin.
Şaxsiy uy-joyi yöq, ijarada yaşayotgan oilalardan çiqqan qizlar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan berilgan talabgorning ota-onasi (vasiy yoki homiysi) nomida uy-joyi yökligini tasdiqlovçi ma'lumotnoma yoki soliq idoralari tomonidan röyxatga olingan ijara şartnomasini taqdim qiladi. Bunda ijara şartnomasining tuzilganlik muddati 1 yildan kam bölmasligi şart.
Ota-onalardan biri yoki har ikkisi işsiz bölgan va iş qidiruvçi şaxs sifatida aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarida hisobda turganlar haqida ma'lumotlar tuman (şahar) Bandlikka kömaklaşiş markazlarida mavjud ma'lumotlar asosida aniqlanadi.
Nogironligi bölgan farzandi bor oilalardan çiqqan xotin-qizlar oila a'zolarining nogironligi borligini tasdiqlovçi hujjatni ilova qilişlari lozim.
Olis va boriş qiyin bölgan hududlar quyidagilardir: Qoraqalpoğistonning Qonliköl, Möynoq va Şumanay tumanlari; Jizzax viloyatining Foriş tumani; Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani; Navoiy viloyatining Tomdi va Uçquduq tumanlari; Farğona viloyatining Söx tumani. (Asos: «Aholi punktlarini boriş qiyin bölgan va toğli hududlar tarkibiga kiritiş tartibi töğrisida»gi yöriqnoma)
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi statistikalariga köra, xotin-qizlarning respublika böyiça oliy ta'lim bilan qamrovi 46 foizni taşkil etadi. Şularni hisobga olgan holda, işçi guruh bu talab asosida hujjat topşirgan xotin-qizlarga tavsiyanoma beriş masalasini körib çiqadi.
Tuşunişimizça, oliy ma'lumotli xotin-qizlar bilan qamrab oliş darajasi respublikaning örtaça körsatkiçlaridan ikki yoki undan ortiq marta past bölgan tumanlar röyxati hali tasdiqlanmagan.
Tavsiyanomalar soni çegaralanmagan, lekin grantlar soni çeklangan
Vazirlik ma'lumotiga köra, qöşimça grantga talabgor va qöyilgan talablarga mos kelgan xotin-qizlarga tavsiyanomalar 15 iyulgaça yetkaziladi.
Qayd etiş joizki, işçi guruh tomonidan talablarga javob beradi, deb topilgan xotin-qizlarga tavsiyanomalar beriş soni çeklanmagan. Ya'ni barça talablarga mos kelgan da'vogarlarning hammasiga tavsiyanoma berilişi mumkin. Biroq grantlar soni çegaralangan: respublika böyiça jami 940ta.
Viloyatlar kesimida örinlar quyidagiça taqsimlangan:
Samarqand viloyati – 104
Farğona viloyati – 100
Qaşqadaryo viloyati – 88
Andijon viloyati – 85
Toşkent viloyati – 80
Namangan viloyati – 75
Surxondaryo viloyati – 71
Toşkent şahar – 70
Xorazm viloyati – 50
Buxoro viloyati – 53
Qoraqalpoğiston Respublikasi – 51
Sirdaryo viloyati – 49
Jizzax viloyati – 36
Navoiy viloyati – 28
Vaqtinçalik yaşaş joyidan hujjat topşiriş imkoni yöq
Hujjatlar xotin-qizlarning doimiy yaşaş joyi böyiça tuman (şahar) Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş bölimlariga topşiriladi.
Qizlarda vaqtinça yaşaş joyi böyiça grant uçun hujjat topşiriş imkoni yöq.
Tavsiyanoma ololmaganlarga tuşuntiriş beriladi
Tavsiyanomalar 15 iyulga qadar talabgorlarga yetkaziladi.
Tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlaridagi işçi guruhlariga murojaat qilgan, lekin asosli ravişda tavsiyanoma berilmagan xotin-qizlarga nega ularga tavsiyanoma berilmagani haqida tuşuntiriş beriladi.
Şunda qizlar qabul uçun hujjat topşirişning oxirgi sanasi kelgunça tavsiyanomani kutib, qabul muddatini ötkazib yubormaydi.
Tavsiyanomali qizlar ham imtihonda iştirok etadi
2020 yil 20 iyulgaça tavsiyanoma berilgan talabgorlarning yakuniy röyxati vazirlik tomonidan Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlarni qöşimça qabul körsatkiçlari doirasida öqişga qabul qiliş kiriş imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga muvofiq hal qilinadi.
Tavsiyanoma egalari töplaş mumkin bölgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bölmagan miqdorda ball töplaşi kerak. Yetarli ball yiğganlar ballar ketma-ketligi böyiça qöşimça 4 foizli davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
Pandemiya paytida hujjatlar onlayn emas, qoğoz şaklda söralmoqda. Nega?
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tavsiyanoma berişda xotin-qizlardan ortiqça hujjatlarni söraşga yöl qöyilmasligini alohida ta'kidladi.
«Joriy yilda hujjatlarni qabul qilişda vaqt qisqaligi inobatga olinib, karantin qoidalariga rioya etgan holda an'anaviy usuldan foydalanilmoqda. Vazirlik kelgusida mazkur jarayonlarni töliq onlayn formatga ötkaziş böyiça tegişli çoralar körilişini ma'lum qiladi.
Vazirlik tomonidan tavsiyanomani oliş uçun talabgorlarning hujjati batafsil örganib çiqilişi, nizomda belgilangan mezon va talablarga töğri kelmaydigan nomzodlar uşbu röyxatga kiritilmasligining oldini oliş böyiça barça tegişli çoralarni köradi» – deya ma'lum qildi vazirlik Kun.uz’ga.
Tavsiyanoma beriş tizimi yangi bölgani va joriy yil juda qisqa muddatda amaliyotga tatbiq etilayotgani tufayli kamçiliklar bölişi tabiiy. Şu tufayli Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi odamlarda paydo böladigan savollarga doimiy javob beriş, u asosda kamçiliklarni bartaraf etib borişga tayyorligini bildirdi.