2021 yil 6 noyabr kuni Navoiyda insonlar ölimi bilan boğliq ayançli avtohalokat sodir böldi. Buning oqibatida 8 kişi halok bölgani, ularning 3 nafari bank xodimi ekani aytilmoqda.
Kun.uz manbasiga köra, voqea Navoiy-Nurota yölida sodir bölgan. Qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan ikkita Nexia maşinasi töqnaşib ketgan. Maşinalarning bittasi yöl çetiga ağdarilgan, ikkinçisi esa yonib ketgan.
Avtohalokat oqibatida AT Xalq banki Nurota tuman filialining boşqaruvçisi, 29 yoşli Temurmalik Pirmatov, boş hisobçisi, 40 yoşli Muzaffar Saidov hamda monitoring bölimi boşliği, 32 yoşli Yunusjon Ravşanov voqea joyida vafot etgan. Yonib ketgan maşinada 5 kişi bölgan va ular ham voqea joyida halok bölgan.

Oldinroq kuzatilgan qum böroni tufayli Konimex tumanida 3ta maşina töqnaşuvida bir kişi vafot etgandi.
















