Özbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turğun Azizov 90 yoşida vafot etdi. Bu haqda dastlab aktrisa Dilnoza Kubayeva xabar tarqatdi, şuningdek aktyor uzoq yillar işlagan Özbek Milliy akademik drama teatrining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilindi.

Marhumning janozasi ertaga, 23 yanvar kuni «Minor» masjidida öqiladi.

Aktyorning ölimi sababi ma’lum qilinmagan. U sönggi bor 2023 yil 22 dekabr kuni jamoatçilikka köriniş bergandi. Öşanda «Renessans» kino uyida Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Vatan timsollari» rukni ostida suratga olingan «Turğun Azizov: sahna sarloçini» hujjatli filmi taqdimoti bölib ötgandi.

Fotograf: Bahodir Ergaşov

Ma’lumot uçun, Turğun Azizov 1934 yilning 30 noyabrida Toşkentdagi «Saryoğçi» (hozirgi «Beşqayrağoç») mahallasida tuğilgan.

1956 yili avvalgi Özbekiston Davlat teatr va rassomçilik institutini tamomlab, şu yili hozirgi Özbek Milliy akademik drama teatriga işga qabul qilingan. 33 yoşida Özbekistonda xizmat körsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974 yilda Özbekiston xalq artisti unvonini olgan, «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni sohibi bölgan. Şuningdek, u «Mehnat şuhrati» ordeni (2001 yil) sohibi ham hisoblanadi.

Asosiy rollari: Ferdinand («Makr va muhabbat»), Ilyos («Sarvqomat dilbarim»), Eydzi («Öğirlangan umr»), Mark Tuysk («Oqpadar»), Niyoz («Noma’lum kişi»), Yölçi («Qutluğ qon»), Ğofir («Boy ila xizmatçi») va boşqalar.

Aktyorga katta şuhrat keltirgan roli «Ölimdan kuçli» spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon («Gang uzra tong»), Bakir («Maftuningman»), Amir Nasrullo («Nodirabegim»), Ota Maqsumov («Uzoq-yaqin yillar»), Mirzakarimboy («Parol – Regina mehmonxonasi»), Dadaboy («Qöqon voqeasi») kabi obrazlar yaratgan. Lirik-dramatik va romantik plandagi rollarini zör ehtiros va jöşqinlik bilan ijro etgan, qahramonlar xarakterini oçişda til boyligidan ustalik bilan foydalangan, oz harakatda köp ma’no anglatişga, qahramonining his-tuyğulari, içki keçinmalarini tabiiy ifodalaşga intilgani e’tirof etilgan.