Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Rossiya bilan gaz importi masalasida tuzilgan yöl xaritasi böyiça izoh berdi. 

«Bu Rossiyadan tabiiy gazni import qiliş böyiça çora-tadbirlarni közda tutuvçi yöl xaritasi hisoblanadi. Ya’ni texnik şartlarni örganamiz, keyin texnik imkoniyatlardan kelib çiqib, tijoriy narxlar böyiça kelişsak, Rossiyadan gaz import qiliş közda tutiladi. 

Gaz quvurga kirgandan keyin hamma iste’molçilarga — aholiga ham, barça işlab çiqaruvçi korxonalarga ham tarqatamiz. Keça jurnalistlarga tuşuntiriş berdik, asosiy mazmunini ham körsatdik, u yerda umuman gaz transport tizimini xususiylaştiriş yoki boşqaruvga beriş degan gap yöq. 

Avval ham, masalan, Turkmanistondan Xitoyga ketadigan gazni aytganman, Özbekiston, Turkmaniston, Xitoy, Qozoğiston hududida koordinatsion qömita bor, texnik imkoniyatlarning hammasini birgalikda örganib çiqadi», dedi vazir Bişkekda uni savolga tutgan jurnalistlarga.

Eslatib ötamiz, Özbekiston energetika vazirligi va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi örtasida 24 yanvar kuni özaro hamkorlik böyiça «yöl xaritasi» imzolangandi. Hujjat imzolanganidan keyin ötgan qariyb bir sutka vaqt içida Özbekiston tomoni bu borada birorta ham izoh bermagani jamoatçilikda jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirdi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning gaz transport tizimi «Gazprom»ga işonçli boşqaruvga berib yuborilişi mumkinligi haqida taxminlar paydo böldi.