Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi markaziy apparatida yangi lavozim tayinlovi röy berdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Tarqatilgan ma'lumotlarga köra, polkovnik Baxtiyor Pölotoviç Pormonov Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlaş Boş boşqarmasiga yangi boşliq etib tayinlangan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 4 avgust kuni IIV PPXning sobiq rahbari podpolkovnik Dilşod Akramovning murdasi Içki işlar vazirligi binosining ikkinçi qavatida joylaşgan öz xizmat xonasida topilgan edi. Mazkur fakt böyiça Toşkent şahar prokuraturasi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasiga köra jinoyat işi qözğatgan.

Boşliqni öldirişda gumonlanuvçi uşlanib, qamoqqa olingan. U Toşkent şahar IIBB huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi katta inspektori R.Abdullayev bölib çiqqan.

Avvalrok, 19 dekabr kuni Xalqaro press klubda huquq-tartibot organlari vakillari iştirokida matbuot anjumani bölib ötgani haqida xabar berilgan edi. Tadbir davomida jurnalistlar huquq-tartibot organlari vakillaridan podpolkovnik Dilşod Akramov bilan boğliq iş böyiça suriştiruvlar qanday ketayotgani haqida savol berişgan.

«Tergov-suriştiruv işlari olib boriladigan ma'lum bir me'yorlar bor. Menda suriştiruv qanday bosqiçda ekanligi xususida axborot yöq, biroq ayni damda tergov tadbirlari olib borilayotganidan xabarim bor. Iş sudga oşirilgaç, manfaatdor taraflar kerakli ma'lumotlarni olişlari mumkin», — degan edi boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev.