Eron Suriyadagi iştirokini vaziyat barqarorlaşsa, terrorizmga qarşi kuraş esa öz yakuniga yetsa, kamaytiradi yoki butunlay çiqib ketadi. Bu haqda Eron taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Bahrom Qosimiy ma'lum qildi.

«Suriya hukumati buni yana qança xohlasa, biz bu mamlakatda şunça bölamiz. Suriya hukumatining murojaatidan taşqari, terrorizmga qarşi kuraş ham muhim vazifa bölgandi. Biz Suriya barqarorlikka yaqin ekani, terrorizm bilan kuraş oxiriga yetayotgani va jiddiy muvaffaqiyatlarga erişilganini his etişimiz bilan, albatta, uşbu davlatdagi maslahat iştirokimizni qisqartiramiz yoki umuman çiqib ketamiz», - deya aytib ötdi Qosimiy Pana agentligiga. Bayonot matni Eron taşqi işlar vazirligining saytida e'lon qilindi.

Iyul oyi örtalarida Eron oliy yetakçisi Ali Xomeniyning xalqaro işlar böyiça maslahatçisi Ali Akbar Viloyatiy Eron Suriyadagi iştirokini saqlab qolişi, aks holda terrorçilar faol faoliyatga qaytişi haqida ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, Eron qöşinlari Suriyada rasmiy Damaşqning iltimosi bilan bölib turibdi, hamda boşqa davlat, jumladan, AQŞning mamlakatdan qöşinlarni olib çiqiş haqidagi talabi kulgilidir. Bundan taşqari, uning sözlariga köra, Eronning Suriyadagi iştiroki Isroil bilan heç qanday boğliqlikka ega emas.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Suriya böyiça AQŞga yaşirin iltimosi ma'lum bölgandi.