Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida öquvçilarga umumta'lim fanlardan milliy sertifikat imtihonlarining javoblari sotilgani haqida xabar tarqaldi.
Buxorolik fuqarolar test javoblarini öquvçilarga yodlatgani aytilmoqda. Holatga Davlat test markazi munosabat bildirdi.
Unga köra, hozirga qadar kimyo, biologiya, matematika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan milliy test tizimi joriy etilib, uşbu fanlardan 2 marta test sinovlari taşkil etilgan.
Test sinovlarini Davlat test markazi ötkazmoqda. Savollarni esa Xalq ta'limi vazirligi va Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tuzgan.
«Test sinovlari jarayoni töliq videokuzatuv kameralari ostida ötkazildi.
Test materiallari Davlat feldʼegerlik xizmati xodimlari tomonidan test sinovi ötkaziladigan binolarga maxsus transport vositalari orqali maxfiylik ta'minlangan holda test sinovi boşlanişidan bir soat oldin yetkazildi.
Test sinovlari töliq yakunlangandan söng Davlat feldʼegerlik xizmati xodimlari muhrlangan maxsus qoplardagi test materiallarini Davlat test markazi xodimlaridan qabul qilib oldi va barça materiallar töliq holda Davlat test markaziga qayta yetkazilişi ta'minlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan maqolalarda keltirilgan kimyo fanidan test topşiriqlarining ayrimlari 11 may kuni ötkazilgan jarayonga tegişli bölib, 9 iyun kuni ötkazilgan imtihonda mazkur test topşiriqlaridan foydalanilmagan.
Biologiya fani böyiça keltirilgan test topşiriqlari haqiqatan ham 10 iyun kuni ötkazilgan test sinovlariga oid. Biroq u test sinovi ötkazib bölinganidan keyin test sinoviga kirgan şaxslar tomonidan yodlab çiqilgan savollar asosida juda köplab xatolar bilan kompyuterda terilgani, rasmli test topşiriqlarida rasmlarning keltirilmagani aniqlandi.
Olingan oxirgi ma'lumotlarga köra, ayrim öquv markazlari tomonidan «bu savollar tuşadi» bahonasida tayyorlangan savollar jamlanmasi şaxslarga sotilgani ma'lum böldi», – deyiladi Davlat test markazi axborotida.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur holatlar böyiça tegişli huquqni muhofaza qiliş organlari va DTM hamkorligida tekşiriş işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, muayyan fanlardan milliy test tizimi sertifikatiga ega abituriyentlar OTMga kirişda öşa fandan imtihon topşirmaslik huquqiga ega: ularga milliy test imtihonida töplagan ballariga proporsional ravişda ball beriladi.


















