19 may kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan taşqari saylov Konferentsiyasi bölib ötdi. Unda Davlat soliq qömitasi sobiq rahbari Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgan.

Botir Parpiyev
Foto: Davlat soliq qömitasi

Milliy olimpiya qömitasi axborot xizmati xabariga köra, yiğilişda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti maslahatçisi Komiljon Xudoyberdiyev taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi rahbarligi uçun şu kungaça Özbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyat körsatib kelgan Laziz Saydivaliyeviç Hasanov nomzodini körsatdi. Bahs-munozaralardan söng L.Hasanov nomzodi qöllab-quvvatlangan va u Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylangan.

Laziz Hasanov
Foto: Milliy olimpiya qömitasi axborot xizmati

Yangi rahbar oldiga ma'lum talab va vazifalar qöyilgan. Jumladan, Laziz Hasanov qisqa vaqt içida terma jamoalarga iqtidorli sportçilar yetkazib beriş tizimini qayta körib çiqişi, murabbiylar malakasini oşirişga e'tiborni kuçaytirişi, Osiyo va Olimpiya öyinlari kabi nufuzli musobaqalarda özbekistonlik taekvondoçilarning muvaffaqiyatli iştirok etişi uçun zarur çoralar körişi kerak böladi. 

Eslatib ötamiz, Botir Parpiyev assotsiatsiyaga 2008 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgandi.

Avvalroq, Davlat soliq qömitasi raisi Botir Parpiyev işdan olingani xabar berilgandi.