Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida benzin narxi tushiriladi
13 dekabr, seshanbadan boshlab “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 6800 so‘mdan 5700 so‘mga tushiriladi. Bu ma’lumotni kompaniya Kun.uz'ga tasdiqladi.
Narx pasayishi hozirgi energetika inqirozi sharoitida Ai-80 benzini importi va realizatsiyasi aksiz solig‘idan ozod qilingani bilan bog‘liq.
Kun.uz'ning energetika tizimidagi manbasiga ko‘ra, bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilingan. Unda aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik tartib 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha davom etishi belgilangan.
Bundan tashqari, neft va gaz kondensati tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar qazib oluvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqaruvchilarga faqat birja orqali sotilishiga oid tartib bekor qilindi.
Qarorga asosan, 2023 yil 1 aprelgacha Neftgazinspeksiya va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan, istisno tariqasida, Biznes-ombudsman bilan kelishmasdan tadbirkorlik sub’yektlarini energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berildi (ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda).
Bu inspeksiyalar tekshiruvlar natijalari bo‘yicha mansabdorlarni jazolash va ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli organlarga taqdimnomalar kiritib boradi.
Mavzuga oid
12:30 / 12.12.2025
«O‘zbekneftgaz» AQShning Cargill korporatsiyasidan 3 mlrd dollargacha mablag‘ jalb etadi
23:13 / 05.12.2025
Ustyurtda «O‘zbekneftgaz» va SOCAR qo‘shma loyihasi ishga tushdi
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
17:20 / 22.11.2025