27 yanvar kuni Human.uz sayti direktori Xurşid Daliyev, sayt boş muharriri Muslim Mirzajonov va saytning boşqa xodimlari naşrning Toşkent davlat agrar universiteti hududida joylaşgan ofisidan olib ketilgan.

Saytning telegram kanalidagi sahifasida joylaştirilgan ma’lumotlarga köra, ofis eşiklari buzib kirilgan hamda barça ma’lumotlar, qurilmalar böyiça tintuv qilişmoqda.

«Human.uz sayti tahririyati tösatdan va ogohlantirişlarsiz olib ketilgan barça insonlar salomatligi va holatidan qattiq qayğuda. Ularning heç biriga aloqaga çiqişning iloji bölmayapti.

Şuningdek, tahririyat uşbu holatni Özbekiston Respublikasi prezidenti siyosatiga mutlaqo zid va söz erkinligiga tahdid deb hisoblaydi», - deyiladi bayonotda.

Keyinroq, Human.uz sayti ofisi Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Quyi Çirçiq tumani bölimi suriştiruvçisi E. Ablamurodov imzosi bilan muhrlangani ma’lum qilindi.

Kun.uz’ning huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi manbasi ma’lumotlariga köra, sayt mas’ullariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan va sayt mas’ullaridan taşqari davlat taşkilotlarida işlovçi boşqa şaxslar ham protsessual tartibda uşlangan.

Ayni paytda Human.uz sayti oçilmay qolgan.

Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Human.uz internet naşri jurnalistlarining qölga olinişi bilan boğliq vaziyatdan xavotirdaligini bildirgan.

«Huquq-tartibot idoralari tomonidan uşbu masala böyiça izoh berilişini kutamiz hamda jurnalistlar xavfsizligi, şunindek, ularning professional faoliyatiga qonuniy munosabatda bölinişi ta’minlanişini söraymiz», deyiladi fond munosabatida.

Hozirça Boş prokuratura va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) holat yuzasidan rasmiy bayonot bermadi.

Kun.uz sayti suriştiruv-tergov harakatlari qonuniylik, şaffoflik va oçiqlik prinsiplariga amal qilgan holda olib borilişiga, OAV faoliyati va söz erkinligiga tahdid qilinmasligiga umid bildirib qoladi.