Tadqiqotning bu bosqiçi vazifasi vaksinaning salomatlik uçun bezararligini körsatişdan iborat bölgan. “Vaksinaning xavfsizligi tasdiqlandi. U hozirda bozorda mavjud bölgan vaksinalar xavfsizligiga mos keladi”, deb aytgan Seçenov universitetining Tibbiy parazitologiya, tropik va transmissiv kasalliklar instituti direktori Aleksandr Lukaşev.

Sinovlardan oldin köngillilar tekşirilgan, jumladan ularda koronavirusga antitanalar bor-yöqligi aniqlaştirib olingan. Söngra ular koronavirusga çalinmasliklari uçun 2 haftaga yakkalangan va şundan keyin ularni emlaş amalga oşirilgan.

Vaksina qilinganlar tibbiy xodimlarning doimiy kuzatuvida bölgan. Ular ikki guruhga bölingan: birinçi guruhdagilar vaksinaning bir dozasini, ikkinçi guruhdagilar ikki dozasini olişgan. Lukaşevning aytişiça, ikki guruhdagilardan birortasida emlaşning ilk kunlaridagi tana harorati kötarilişidan boşqa salbiy reaksiyalar aniqlanmagan. Köngillilarni 15 va 20 iyulda çiqariş rejalaştirilgan. Şundan keyin köngillilar ortidan ularning immuniteti özini qanday tutayotganini baholaş uçun kuzatuv örnatiladi.  

Mutaxassisning qöşimça qilişiça, vaksinani işlab çiqişdagi keyingi qadamlar uni işlab çiqarayotgan korxona tomonidan belgilanadi. 

Vaksina N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazida işlab çiqilgan. Uning sinovlari 17 iyundan ikki joyda - Seçenov universiteti va Burdenko nomidagi harbiy gospitalda boşlangan. Har ikki joyda 38 nafardan köngilli emlaşda iştirok etgan. Ma'lum qilinişiça, universitetda vaksinaning kukun körinişidagi varianti qöllangan. Undan emlaş joyining özida muşakka kiritişga möljallangan suyuqlik tayyorlangan. Gospitalda esa vaksinaning suyuq holatdagi körinişi qöllangan.  

Iyun örtalarida Rossiya boş vaziri örinbosari Tatyana Golikova 2020 yilda Rossiyaning uç davlat muassasasi - N.F.Gamaleya nomidagi markaz, “Vektor” ilmiy markazi hamda Vaksinalar va zardoblar markazining vaksinalari paydo bölişi kutilayotganini ma'lum qilgan. Uning aytişiça, Gamaleya nomidagi markaz işlab çiqqan vosita avgustda davlat röyxatidan ötişi mumkin, uning işlab çiqarilişi esa sentyabrda boşlanişi kutilmoqda.

Şuningdek, boş vazir örinbosari Dmitriy Çernişenko sentyabrdan aholining koronavirusga qarşi ommaviy emlanişi boşlanişi mumkinligini aytgan. Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko emlaş ixtiyoriy bölişi, u fuqaroning roziligi bilangina amalga oşirilişiga va'da bergan.