Prezidentning 2020 yil 13 oktyabrdagi qaroriga asosan, 2021/22 öquv yilidan boşlab ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalarida majburiy umumiy örta ta'lim 12 yildan 11 yilga qisqartiriladi.
Közi ojiz öquvçilarga dars beruvçi muallimlar şu masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda murojaat bilan çiqdi.
77-sonli közi ojiz bolalar maxsus maktab internati öqituvçisi Oqmurod Otamurodovning sözlariga köra, ta'lim muddati bir yilga qisqartirilişi – közi ojiz öquvçilarning davlat ta'lim standartini töliq özlaştirişiga imkon bermaydi.
Uning aytişiça, uşbu qaror orqali imkoniyati çeklangan bolalarning barçasi bir turga olingan, ya'ni klassifikatsiya qilinmagan. Vaholanki, nogironlar turliça böladi: tayanç harakat a'zolaridagi nuqsonlar, eşitiş, köriş va hokazo.
«Ayrim turdagi nogironlarning öqiş uçun qobiliyati yetmasligi mumkin. Lekin közi ojiz bolalar aqlan soğlom böladi, faqat körmaydi xolos», deydi muallim.
«Körişi böyiça imkoniyati çeklangan bolalar maxsus moslamalar yordamida yozişadi. Bitta priborda 18 ta qator va bir qatorda 24 ta katak bor. Har bir katakda 6 ta nuqta bor. Şu 6 ta nuqtadan 63 ta kombinatsiya qilinadi. Priborda hammasi bir qatorga yoziladi. Unda yuqori va quyi indeks degan narsa yöq. Sodda qilib aytganda, matematikada daraja va indeks yoki ona tilida tagiga çiziqça çiziş degan narsalar bor, ammo közi ojiz bolalar buni bajara olmaydi.
Umumta'lim maktablarida matematika darsligi bitta kitob bölsa, közi ojizlar uçun bitta darslik 10 ta kitobdan iborat böladi. Ularda bir sahifaga siğgan narsa, bizda 3–5 betga töğri keladi.
Közi ojiz bolaning yozişi soğlomlarga nisbatan 3–4 baravar, öqişi esa 2–3 baravar sekin böladi.
Öquvçilarimiz 12 yil öqib köpgina yutuqlarga erişişgan. 12-sinf oçilganidan keyin öquvçilarimiz hattoki respublika olimpiadalarida ham ğolib bölişgan.
Hurmatli prezident Şavkat Miromonoviç. Öquvçilarimizning kelajakda kasb tanlaşi va hayotda öz örnini topişi uçun köriş böyiça imkoniyati çeklangan bolalar uçun 12 yillik ta'lim qoldirilişini sizdan iltimos qilib söraymiz», – deydi matematika öqituvçisi Oqmurod Otamurodov.
















