2023 yil 1 dekabr kuni qöşimça tergov ötkaziş uçun tergov organiga qaratilgan “Dok-1 Maks” işi böyiça sud jarayoni 2024 yil 5 yanvar kuni tiklandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
5 kungi majlisda prokurorning qöşimça ayblov böyiça xulosasi öqib eşittirildi. Unga köra, tergov organlari tomonidan yana 2 nafar şaxs işga ayblanuvçi sifatida jalb etilgan. Şu tariqa, jinoyat işida sudlanuvçilar soni 21 nafardan 23 nafarga yetdi.
Ayblov e’lon qilinganlar orasida Sardor Kariyevdan keyin bir muddat Farmagentlik direktori lavozimida işlagan Uluğbek Egamov yöq. 22 noyabrdagi sud majlisida Kariyevning himoyaçilari jarayonga guvoh sifatida jalb etilgan Egamov ustidan ham jinoyat işi qözğatişni söragan, sudya bu masala körib çiqilişini bildirgan edi.
Önlab bolalar vafoti bilan boğliq mazkur jinoyat işidan taşqari, “Dok-1 Maks” siropini içişi oqibatida bolalarning nogiron bölib qolişi holati böyiça tergov harakatlari alohida jinoyat işi doirasida olib borilgan. 5 yanvar kungi sud majlisida uşbu ikkita jinoyat işini bitta sud jarayoniga birlaştirilgani ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi işlab çiqargan yötalga qarşi siropdan 16 nafar bola hayot uçun xavfli darajada jiddiy jarohatlangan, 2 nafar bola yengil jarohat olgan, yana 3 nafar bola zaharlaniş oqibatida vafot etgan.
Avgust oyida e’lon qilingan birinçi jinoyat işi doirasidagi tergov xulosasida “Dok-1 Maks” dorisidan 65 nafar bola vafot etgani keltirilgan edi. Şuningdek, Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi boş şifokori Mamatqul Azizov 27 oktyabr kungi sud majlisida 66-qurbon ham borligi haqida gapirgandi. Şu tariqa, Mamatqul Azizov nazarda tutgan qurbon ikkinçi jinoyat işida qamrab olingani yoki yöqligiga qarab, qurbonlar soni kamida 68 yoki 69 nafarni taşkil etmoqda.
Sud işida qatnaşayotgan advokat Davron Ahmadovning ma’lum qilişiça, himoyaçilarga yangi materiallar bilan tanişib çiqiş uçun 1 hafta vaqt berilgan.
Sud işi 10 yanvar kuni davom ettiriladi.

















