O‘zbekiston AESning yana ikkita energoblokini quradi

Foto: Rosatom
O‘zbekiston atom elektr stansiyasining yana ikkita energoblokini qurishga qaror qildi. Bu haqda respublika energetika vaziri Alisher Sultonov Kun.uz’ga intervyuda xabar berdi. Avvalroq, «Rosatom» (RF) faqat ikkita energoblokdan iborat kompleksni qurishi ma'lum qilingandi.
O‘zbekistondagi birinchi AES har biri 1 200 MVt quvvatga ega «3+» avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli energoblokdan iborat bo‘ladi. Birinchi energoblokni 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda, ikkinchisi - 2030 yil. O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi uchun qurilish maydonchasini aniqladi. Bu Jizzax viloyatining Tuzkon ko‘li yaqinidagi hudud bo‘ladi.
«Bizda 1200 MVt.dan ikkita blok, so‘ng yana ikkita blok bo‘ladi. Maydoncha u yerda to‘rtta blokni joylashtirish hisobidan kelib chiqib tanlanmoqda», – dedi Sultonov.
Keyingi ikkita blokka kamroq vaqt ketadi hamda nisbatan ozroq xarajatlarni talab qiladi. Sababi, infratuzilma yo‘lga qo‘yilib, mexanizm ishga tushgan bo‘ladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.
«AES qurish bo‘yicha biz kechikdik. 15-20 yilga kechikdik. Buni prezident ham bir necha bor aytdi. Biz o‘tgan vaqt davomida juda ko‘p kadrlarni yo‘qotdik, ilm-fanni, yadro fizikasini butunlay yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin edi. Tadqiqot reaktorimiz yopilish arafasida edi. Prezidentimiz sa'y-harakati bilan bu saqlab qolindi», – deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
«Albatta, yadro qurilmalari uchun tabiiy resurslar - uranga ega bo‘lgan holda, mamlakatda AES qurish masalasini ko‘rib chiqmaslik xato bo‘lgan bo‘lardi», – deya hisoblaydi u.
Sultonovning qayd etishicha, AES qurilishi masalasi juda chuqur o‘ylangan, u bir lahzada qabul qilinmagan. «Uni xalq muhokamasiga chiqarishdan avval juda chuqur tahlil qilindi. Biz bir yarim - ikki yil davomida maslahatlashdik. Ularda atom energetikasini rivojlantirish strategiyasi belgilandi», – dedi suhbatdosh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu O‘zbekiston energetik sohasida revolyutsion o‘zgarishdir.
«Bu stansiyalarni qurish masalasi hozirgi kunda juda dolzarb. Stansiyada eng arzon energiya ishlab chiqariladi va u uzoq muddat davomida kafolatlangani bo‘ladi. Bu bizning farzandlar va nabiralar ham shug‘ullanadigan loyiha», – dedi Sultonov.
Bundan oldin, Jizzax viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektr stansiyasi O‘zbekiston AES nomini olishi ehtimolga yaqin ekani xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun: Alisher Sultonovning Kun.uz’ga bergan intervyusi yaqin vaqt ichida to‘liq holda taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
-
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Jamiyat | 11:56
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida

20:40 / 29.03.2025
Katta AESga qaytish, sun’iy navbat ajiotaji va kechiktirilgan tariflar - hafta dayjesti

17:42 / 27.03.2025