Özbekistonning 940 ga yaqin fuqarosi Rostov-Dondan poyezdda Toşkentga keltiriladi.
Özbekistonning Rostov-Dondagi boş konsulligi boş konsuli Rustam Kurganbayevning ma'lum qilişiça, yaqin orada yana 3 mingga yaqin özbekistonlikni vatanga jönatiş rejalaştirilgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rostov-Dondagi Pervomaysk temir yöl stansiyasi yaqinida migrantlar tomonidan betartib taşkil etilgan çodirli şaharça suratlari tarqalgan edi.
“Bugun poyezd keladi. Bu yurtdoşlarni olib çiqiş uçun kelgan uçinçi poyezddir. Ertaga [8 sentyabrda] u soat 13da Toşkentga jönaydi. 940ga yaqin yurtdoşlarni jönatişni rejalaştirganmiz”, deb ma'lum qilgan Kurganbayev.
Uning ta'kidlaşiça, Özbekistonga qaytayotganlar Janubiy va Şimoliy Kavkaz federal okruglariga mavsumiy qişloq xöjaligi işlariga kelgan mehnat migrantlaridir. Avvalgi yillarda özbekistonliklar mavsumiy işlar yakunlangaç Rossiyani avtobus yoki maşinalarda tark etişgan, biroq pandemiya ortida kiritilgan çeklovlar tufayli joriy yilda buning iloji bölmagan.
“Yurtdoşlarni kelişuvga erişilişi va ruxsat olinişiga qarab jönatişni rejalaştirmoqdamiz. Vatanga qaytişni istovçilar köp. Hozirda röyxatda qaytişni kutayotgan 3 ming kişi bor”, deb ta'kidlab ötgan boş konsul. Uning aytişiça, Özbekistonga 6 ta aviareys va 2 ta poyezd jönatilgan.
“Biz bu jarayonni Rostov rahbariyati, içki işlar vazirligi, transport politsiyasi, Şimoliy Kavkaz temir yöli bilan taşkillaştirmoqdamiz. Barçasi kelişilgan. Hammasi nazoratimiz ostida”, deb qöşimça qilgan Kurganbayev.

















