Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötdi. Bu haqda “Yuksaliş” umummilliy harakati xabar bermoqda.
Yalpi majlisda “Andijon viloyatining Böz tumani nomini Böston tumaniga özgartiriş töğrisida”gi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 16 may kuni Andijonda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoşlar iştirokida yiğiliş ötkazgandi.
Yiğiliş davomida Andijon viloyatining çölli hududi hisoblangan Böz tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev davlat rahbariga 2020 yilda Böz tumani taşkil topganiga 70 yil tölişi, tuman taşkil etilganida uning yerlari şör bölgani uçun şunday nom berilganini, öşa paytda Şarof Raşidov, «Bu böz yerlar bir kuni böstonga aylanadi» degani, ayni paytda Bözda amalga oşirilayotgan ijobiy özgarişlar natijasida tumanning nomi öziga yaraşmay qolgani haqida gapirgan.
Hokim prezidentdan keyingi yubiley yilida tuman nomini Böstonga almaştiriş uçun tuman oqsoqollari, faollari nomidan ruxsat söragan.
Davlat rahbari tumanda ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni rivojlantiriş, bunyodkorlik işlari amalga oşiriş va turli sohalardagi işlarni jadallaştiriş uçun 25 milliard söm miqdorida mablağ ajratib bergan.
Ma'lumot uçun, Andijon viloyatidagi bu tuman 1950 yil 5 aprelda taşkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Şahrixon tumaniga qöşib yuborilgan. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan. Böz tumani şimol, şimoli-ğarbda viloyatning Uluğnor tumani, şimolda Baliqçi tumani, şarqda Şahrixon tumani, janubi-ğarbda Farğona viloyatining Yozyovon tumani, janubda Qöştepa tumani, janubi-şarqda Quva tumani bilan çegaradoş. Maydoni 0,20 ming km2. Aholisi 70 mingdan ziyod kişi. Böz tumanida 1 şaharça (Böz) va 3ta qişloq fuqarolar yiğini (Mannop Jalolov, Xovos, Xoldevonbek) bor. Markazi – Böz şaharçasi.

















