Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada taksi haydovchisi va bezori o‘rtasidagi janjal ortidan uch nafar IIO xodimi lavozimidan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ichki ishlar organi xodimlari voqeaga tomoshabin bo‘lib turgani e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.
Foto: Videodan kadr
Farg‘ona shahrida taksi haydovchisi va fuqaro o‘rtasidagi janjal ortidan uch nafar IIO xodimi egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagani uchun Farg‘ona viloyati IIB patrul-post xizmati otryadi safdor xodimlari V.N., E.P hamda guruh komandiri kapitan Z.O. egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.
Shuningdek, Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalon komandiri H.S.ga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.
Bundan oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahrida mijoz qo‘ng‘irog‘iga javob bermagan Yandex haydovchisining mashinasiga g‘isht otib, shikastlagani aks etgan video tarqalgandi. Voqea joyida bo‘lib turgan IIO xodimlari esa bezorining harakatlarini to‘xtata olmagan.
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati haydovchi va mashinasiga hujum qilgan shaxs ushlangani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
22:21 / 30.01.2026
Toshkentda odamlarni qo‘rqitib, pul talab qilgan o‘smirlar guruhi qo‘lga olindi
17:45 / 30.01.2026
Farg‘ona shahriga Xitoydan 24 ta avtobus olib kelindi
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
18:13 / 24.01.2026