Kun.uz’ga Denov tumanidagi Loçin va Zarafşon mahallalarida yaşovçi dehqonlardan murojaat kelib tuşdi. Murojaatda ular 2022 yilda prezident farmoniga muvofiq 10-20 sotixdan ekin yeri berilganini, öşa paytda mas’ullar ekinlarni suğoriş uçun quduq qazib berişni va’da qilganini, ammo quduq qazilmagani sababli bugunga kelib mehnatlariga kuyib qolişayotganini bildirişgan.
“Prezident farmoniga binoan bizlarga yer berişganidan xursand böldik. Şijoat bilan ekin ekişga kirişdik. Faqat suvsiz mahsulot yetiştirib bölmaydi-da, mas’ullar yordam berişga va’da berişdi. Ammo mana, ekinlar yetilay deb qoldi, lekin bizni heç kim eslamadi”, – deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan dehqonlardan biri.
Mazkur ikki mahallada 80 kişiga yer berilgan. Dehqonlar ekin yerlariga asosan piyoz ekişgan, kartoşka va buğdoy ekkanlar ham bor. Qişda yomğir-qordan suv olgan ekinlar bugunga kelib, suvsizlikdan nobud böliş arafasida. Muammo tuman hokimining sayyor qabulida kötarilgan, keyinçalik tuman hokimi örinbosarlariga murojaat ham qilingan, biroq foydasi bölmagan.
Eslatib ötamiz, 2021 yil kuzida prezident aholiga 80 ming gektar yerni ijara asosida bölib berilişini ma’lum qilgandi va bu borada tegişli topşiriq bergan edi.
«Uşbu yerlar aholiga dehqon xöjaligi taşkil etiş uçun, 10 sotixdan 1 gektargaça 10 yil muddatga, oçiq elektron tanlov ötkaziş orqali ijaraga beriladi. Men 20 yil qilişga ham tayyorman, lekin avval işonç hosil qilaylik. Bunda, asosiy mezon – tomorqadan samarali foydalaniş va yaratiladigan iş örinlari böladi. Tanlovda dehqonçilikda tajribasi bor aholi, şuningdek, 3ta daftarga kirgan oilalar qatnaşadi. Oçiq elektron tanlovda har bir talabgorning hozirgaça öz tomorqasidan qanday foydalanayotganiga yangi joriy etilayotgan hokim yordamçilari baho beradi”, degan edi öşanda prezident.













