Ötgan yili mamlakatimiz Yevropa Ittifoqi bilan muhim xomaşyo sohasida hamkorlik böyiça kelişuv imzolagan edi. Endi esa yana bir katta qadam taşlandi — Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Yevropa muhim xomaşyo alyansi (ERMA)ga rasman a’zo böldi. Bu bizning global bozordagi örnimizni yanada mustahkamlaydi.

ERMA nima?

Yevropa muhim xomaşyo alyansi (ERMA) Yevropa sanoatining resurs siyosatini belgilovçi eng muhim platformalardan biri. U Yevropa sanoati uçun litiy, volfram, molibden va nodir yer elementlarini xavfsiz va barqaror manbalardan yetkazib berişni ta’minlaydi. Mazkur alyans Yevropaning yaşil texnologiyalar va kelajak energetikasiga ötiş jarayonida hal qiluvçi kuçga ega.

Mamlakatimiz uçun uşbu alyansning ahamiyati qanday?

Yevropa Ittifoqi bilan institutsional muloqotni yanada mustahkamlaş – ayniqsa, xomaşyoni çuqur qayta işlaş, sifat standartlarini joriy etiş va eksport imkoniyatlarini kengaytiriş yönalişlarida;
Investitsion jozibadorlikni oşiriş – xalqaro sertifikatlaştiriş jarayonlarini yölga qöyiş va Yevropa miqyosidagi yirik loyihalarga faol jalb etiliş orqali;
Özbekistonning xomaşyo diplomatiyasini rivojlantiriş – mamlakatning işonçli va strategik hamkor sifatida xalqaro miqyosda tan olinişiga hissa qöşiş;
Yevropaning texnologik va ilmiy klasterlari bilan hamkorlikni kengaytiriş – xususan Germaniya, Fransiya, Finlandiya va Avstriyada joylaşgan ilğor markazlar bilan qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş orqali.

Bularning barçasi Özbekistonning global kritik minerallar bozoridagi mavqeini mustahkamlab, mamlakatning innovatsion sanoat salohiyatini oşiriş va barqaror iqtisodiy ösişga xizmat qiladi.

Şuningdek, uşbu a’zolik TMKni kritik minerallar bozorida butunlay yangi darajaga olib çiqişi kutilmoqda. Xususan, Yevropa grantlari va investitsiyalari orqali bu yönalişdagi loyihalar uçun moliyaviy mexanizmlar kengayadi. Yevropaning ilğor markazlari bilan qöşma tadqiqotlar olib boriladi va innovatsiyalar tatbiq etiladi. TMK mahsulotlari xalqaro bozorga yanada yuqori sifat körsatkiçlari bilan çiqadi.

ERMA direktori Massimo Gasparon ham hamkorlikdan umidli ekanini aytib, “Biz ERMA maqsadlarini amalga oşiriş, şuningdek, Yevropa Ittifoqi va Özbekiston örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş yölida TMK bilan birgalikda işlaşni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, - dedi.