Özbekistonda “Pedagog xodimning maqomi töğrisida”gi qonun loyihasi muhokamasi qayta jonlandi. Bugun, 2 may kuni Qonunçilik palatasi yalpi majlisida loyiha birinçi öqişda qabul qilindi.
Keça, 1 may kuni loyiha Qonunçilik palatasidagi bir neçta partiyalar fraksiyalarida ham körib çiqilib, ma’qullangan. Deputatlar bu hujjatning qabul qilinişi bilan öqituvçilarning jamiyatdagi nufuzi oşadi, deb hisoblayapti.
Qonun loyihasiga kiritilgan, hozirça oçiqlangan normalar quyidagilar:
- Öqituvçi şa’ni, qadr-qimmatini himoya qiliş masalasida va mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida, davlat bojini tölaşdan ozod etiladi.
- Pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga, yiğilişlar va boşqa tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanadi.
- Ilk bor kasbiy faoliyat boşlayotgan şaxsga bir öquv yili davriga öqituvçi-murabbiylikni amalga oşiruvçi pedagog xodim biriktiriladi.
- Davlat ta’lim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar davlat soğliqni saqlaş muassasalarida majburiy tibbiy körikdan bepul ötadi.
- Pedagog xodim kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarşi bepul profilaktik emlanadi.

“Pedagog xodimning maqomi töğrisida”gi qonun loyihasining 2020 noyabr oyida jamoatçilik muhokamasiga çiqarilgan

















