Öqituvçilarga erkinlik, Usmonovga yordam va IIBdagi ölimlar - hafta dayjesti
|15:24 / 13.11.202229 02016 min
Öqituvçilar öz vazifasiga kirmaydigan işlarni qilişdan ozod bölişiga yangi umid uyğondi. Özbekiston Yevroittifoqdan Alişer Usmonovni qora röyxatdan çiqarişni sörayapti. Qöqondagi IIB muassasalarida bir oy içida ikki fuqaro ölim topdi. Yakunlanayotgan haftaning şu va boşqa asosiy voqealari – Kun.uz dayjestida.
“Öqituvçilarga tekin xizmatkor sifatida qaraşga barham berişimiz şart”
Dasturimizni yaxşi yangilikdan boşlasak. Özbekistonda öqituvçilarga asosiy vazifasidan ortiqça işlar buyuriş taqiqlandi. Aniqroği, qonunda belgilab qöyilgan taqiq amalda ham işlay boşlaşiga yangi umid paydo böldi.
Yangi davrning ilk yillarida, majburiy mehnatga qarşi kuraşiş kampaniyasi vaqtida pedagoglarga har xil işlarni yuklatiş sezilarli kamaygan edi. Lekin ayrim işlar, masalan uyma-uy yurib, bolalar va yangi tuğilgan çaqaloqlarni röyxatga oliş haligaça bor. Yilda ikki marta minglab öqituvçilar mikrouçastka daftarini töldirişga safarbar qilinadi. Hatto ikki smenada işlaydigan pedagoglar ham işdan keyin mikrouçastkaga çiqib, uyma-uy yurişi kerak. Bu jarayonda ayniqsa ayol öqituvçilar turli asabbuzarliklarga duç keladi: işdan uyiga qoronğida qaytadi, öz yonidan yölkira sarflaydi, topşiriq vaqtida bajarilmagani uçun dakki eşitadi, ba’zan esa xonadon eşigini mast yoki xulqi buzuq erkaklar oçadi.
Muammoni bu safar bloger Nikita Makarenko kötarib çiqqaç, masalaga Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov e’tibor qaratdi. Saida Mirziyoyeva öqituvçilarning uyma-uy yurişga majbur qilinayotganini eşitib juda xafa bölganini aytdi va mutasaddilardan buni bas qilişni söradi. “Biz öqituvçilarga tekin xizmatkor xodim sifatida qaraşga barham berişimiz şart”, – dedi u.
Prezident administratsiyasi rahbarining örinbosari Komil Allamjonov ham bayonot berib, öqituvçilar zimmasiga yuklatilgan barça ortiqça vazifalarni inventarizatsiya qiliş va ularni taqiqlaş böyiça mas’ullarga körsatma berilganini ma’lum qildi.
Aslini olganda, bunday norma qonunçilikka allaqaçon kiritilgan. “Ta’lim töğrisida”gi qonunning 45-moddasiga köra, pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan boğliq bölmagan har qanday boşqa işga jalb qiliş taqiqlangan
Mavzuga oid
. Bunday qoida 2018 yilda qabul qilingan prezident qarorida ham
Eslatib ötamiz, 2022 yilgi davlat dasturiga binoan, oliy toifali pedagoglarning oyligini ming dollarga yetkaziş böyiça aniq rejalar işlab çiqilişi kerak edi. Bu vazifa uçun sentabr oyigaça deb muhlat belgilangan, lekin hozirga qadar biror yangilik bölgani yöq.
Ixtiyoriy-majburiy pul yiğişlar
Öqituvçilar va boşqa köplab budjet taşkilotlari xodimlarining yelkasida öz vazifasiga kirmaydigan işlardan taşqari, har xil pul yiğişlar ham bor. Şu kunlarda majburiy obuna, daraxt ekiş, ayrim hududlarda Qizil yarim oy jamiyatiga pul töplaş kampaniyasi ketyapti. Hammasi budjet taşkilotlari xodimlari öz çöntagidan pul sarflaşiga borib taqaladi.
Şu hafta Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov Özbekiston Qizil yarim oy jamiyatiga pul yiğiş ön kunligini e’lon qildi. Unga köra, viloyatdagi korxona va taşkilotlarga xodimlarning yozma roziligiga asosan bir kunlik iş haqini Qizil yarim oy jamiyatining Andijon viloyati bölinmasiga ötkazib beriş tavsiya etildi. Bu tavsiya son jihatdan eng köp bölgan öqituvçilarga ham taalluqli, albatta.
Köp hollarda xodimlar bir kunlik maoşini “ixtiyoriy” tarzda xayriya qilganini hatto özlari ham bilmay qolişi – masalaning bir tarafi bölsa, ikkinçi tarafi – hokim farmoyişida yiğilgan pullar qayerga işlatilişi, ya’ni moliyaviy şaffoflikni ta’minlaş haqida heç qanday gap yöq.
Boşqa turdagi pul yiğişlar esa “Yaşil makon” aksiyasi doirasida köçat ekiş işlari bilan boğliq. Köplab rahbarlar qatori maktab direktorlaridan ham köçat ekiş talab qilinyapti, lekin ular köçat sotib oliş uçun mablağni qayerdan olişi masalasi oçiq qolyapti. Oxir-oqibat öqituvçilarga “köçat soliği” solinayotgani haqida ötgan yili ham xabar bergan edik.
Şu hafta ma’lum bölişiça, Şahrixondagi maktablarning ba’zi direktorlari yetarliça daraxt ekmayotgani uçun sökiş eşitgan. Internetda tarqalgan audioda köçat ekiş talabini bajarmayotgan direktorlar uç marta "haromxörlar" deya haqoratlangan. Audio qaçon yozib olingani noma’lum, undagi ovoz egasi tuman xalq ta’limi bölimi mudiri Javlon Mamatqodirov ekani aytilyapti.
“Şanba kuni, ötgan hafta hamma maktablarda, rahmat, zör taşkil qilganlar bor. Butun boşli boğ taşkil qilib qöyganlar bor. 100 ta, 200 ta, kamida 50 ta köçat ekkanlar bor. Lekin ba’zi bir haromxör direktorlar, şunaqa deyişga majburman, ba’zi birlarga yomon tegmasin uzr, ustozlar. Lekin şu gaplarni aytişga majburman. Mana, özim şaxsan yurib aylanib köryapman. 3 dona köçat ekibdi şanba kuni. 3 dona! Insofsiz, yolğon gapirib, haromdan oylik yeb yurgan, ifloslar”, – deyiladi maktab direktorlariga qaratilgan audioda.
Andijon viloyati xalq ta’limi boşqarmasi holat örganilayotganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda aytilişiça, boşqarma tomonidan direktorlarga daraxt ekiş böyiça heç qanday topşiriq berilmagan. Agar bu rost bölsa, topşiriq hokimlikdan kelgan yoki Javlon Mamatqodirovning öz taşabbusi bölgan degan taxminlar qoladi. Ma’lumot uçun, Mamatqodirov Şahrixon XTB rahbarligiga kelişdan oldin tuman hokimining örinbosari bölib işlagan.
Biz yuqorida sanab ötgan holatlarning hammasida xodimlar manfaatini himoya qilişi kerak bölgan Kasaba uyuşmalari rahbarlari 11 noyabr kuni öz kasb bayramini nişonladi. Toşkent markazida Özbekiston kasaba uyuşmalari saroyi tantanali ravişda oçildi. Bayram tadbirida respublika böylab turli soha vakillariga unvonlar va sovğalar topşirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev soha vakillariga yöllagan tabrigida 11 noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kunini umumxalq bayrami deb e’lon qiliş va bu kunni dam oliş kuni deb belgilaşni taklif qildi.
Yakunlanayotgan hafta xalqaro maydonda Özbekistonning imijiga salbiy ta’sir qiladigan ikkita xabar tarqaldi. Ulardan biri rasman rad etilgan bölsa, ikkinçisi böyiça rasmiylardan munosabat bölmadi.
Ma’lum bölişiça, Ukraina razvedkasi Özbekistonni Rossiyaga sanksiyalarni aylanib ötişga yordam beryapti deb hisoblaydi. Ukraina boş razvedka boşqarmasi vakili Vadim Skibitskiyning aytişiça, Rossiya Xitoy, Şimoliy Koreya va ehtimol Qirğizistondan qurol-yaroğ sörayapti. “Qozoğiston va Özbekiston kabi mamlakatlar esa Amerika va Yaponiyada işlab çiqarilgan, raketalar yasaş uçun zarur bölgan noharbiy komponentlarni sotiş orqali Rossiyaga sanksiyalarni aylanib ötişga yordam beryapti”, – dedi ukrain razvedkasi vakili.
Özbekiston bu ayblovni darhol rad etdi. Ukraina elçisi Nikolay Doroşenko Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi va Ukraina mudofaa vazirligi vakilining bayonoti asossiz ekani aytilib, Özbekistonga oid notöğri ma’lumotlar tarqatmaslik talab qilindi. Elçi Özbekistonning bu pozitsiyasini Ukraina tarafiga zudlik bilan yetkazişini bildirgan.
Ikkinçi yangilikka esa raddiya berilgani yöq. Financial Times'ning yozişiça, Özbekiston Yevropa Ittifoqidan Alişer Usmonov va uning singlisiga qöyilgan sanksiyalarni olib taşlaşni sörayapti. Rasmiy Toşkent Usmonovga bu borada huquqiy yordam körsatişga tayyorligini ham aytgan. Naşr manbalariga köra, özbek rasmiylari milliarderga qarşi sanksiyalar uning özi tuğilib ösgan Özbekistonga sarmoya kiritiş imkoniyatini çeklayotganini da’vo qilgan.
Alişer Usmonov – Rossiya prezidenti Vladimir Putinga eng yaqin milliarderlardan biri. Yevropa Ittifoqi uni Putinning “eng sevimli oligarxi” deb ta’riflagan. Rossiya Ukrainaga qarşi uruş oçgaç, Usmonov va uning singlisi Gulbahor Ismoilova birinçilardan bölib ğarb sanksiyalariga uçragan. Ismoilova akasining 600 million dollarlik “Dilbar” yaxtasi va boşqa ayrim mol-mulklarining huquqiy egasi hisoblanadi.
Namanganning Çust tumanida tuğilgan 69 yoşli Alişer Usmonov oxirgi yillarda Özbekistonda ayrim loyihalarga homiylik qilyapti. Öz navbatida, toğ-kon sanoatidagi bir neçta yirik davlat korxonalari unga tegişli kompaniyaga işonçli boşqaruvga berilib, keyin qaytarib olindi. Hozirda Usmonovning kompaniyalari “Kapitalbank” va “Ohangaronsement” aksiyadori hisoblanadi. 2018 yilda milliarder Özbekistonning “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
IIBdagi ölimlar: Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi
“Farğonada IIB xodimlari quyuşqondan çiqyapti. Vakolat çegarasidan çiqib, fuqarolarga jismoniy tajovuz qilyapti. Sönggi yillarda jamoatçilikka ma’lum bölgan holatlar viloyatdagi vaziyat isloh qilişga muhtoj ekanidan darak beryapti”.
Ikki oy oldin Kun.uz e’lon qilgan maqola ana şu sözlar bilan boşlangan edi. Maqolada Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasidagi vaziyat izdan çiqayotgani, buni körsatuvçi şubhali voqealar ketma-ket röy berayotgani haqida yozgan edik. Afsuski, şu hafta bunday şubhali holatlar röyxati yana uzaydi.
Ma’lum bölişiça, oxirgi bir oyda ikki fuqaro Qöqondagi içki işlar idoralarida ölim topgan.
Birinçi holatda qurbon – 15 yoşli ösmir. U 16 oktyabr kuni Uçköprik tumanidagi savdo majmuasida qurut va içimlik olib, pulini tölamasdan çiqmoqçi bölganida qölga olingan. Voqeaning ertasiga Qöqon şahridagi Voyaga yetmaganlar markazida huşidan ketgan bola, şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda jon bergan.
Marhumning yaqinlari Kun.uz bilan suhbatda aytişiça, bolaning tanasi ayovsiz kaltak zarbidan momataloq bölib ketgan. Voqea yuzasidan rasmiylar ma’lumot berişdan qoçyapti. Prokuratura jinoyat işi oçib, ikki kişini qamoqqa olgan.
Ikkinçi maş’um voqeada ham fuqaro içki işlar idorasiga olib kelinganidan keyin sanoqli soatlar içida jon berdi. Öğrilik jinoyati uçun hukm qilingan mahkum 6 noyabr kuni Toşkent şahrida uşlanib, Qöqonga olib kelingan va içki işlar izolyatoriga joylaştirilgan. 8 noyabrga ötar keçasi şu yerda vafot etgan.
Rasmiy izohga köra, fuqaroning ölimiga yurak xuruji sabab bölgani aytilyapti. Sud-tibbiy ekspertizasi marhumning badanida jarohat izlarini topmagan. Holat yuzasidan prokuratura hozirça tergovga qadar tekşiruv ötkazyapti. Bu keys böyiça ham yetarli ma’lumot yöq, hatto marhumning yoşi ham oçiqlanmadi. Agar u yoşroq yigit bölib çiqsa, yurak xuruji degan taşxisga nisbatan şubha uyğonişi aniq.
Açinarlisi, jamoatçilik ötgan hafta ham şunga öxşaş voqeadan xabar topgan edi. Samarqandning Oqdaryo tumanida aliment tölamagani uçun qamoqqa olingan 34 yoşli erkak oradan 3 kun ötib, ruhiy kasalliklar şifoxonasida vafot etgan. Marhumning otasi muxbirimiz bilan suhbatda aytişiça, farzandida heç qanday surunkali kasallik yoki ruhiy buziliş bölmagan. Içki işlar bölimi va şifoxona esa bir-birining dalillarini inkor etyapti.
Çilonzorda navbatdagi quriliş mojarosi
Köp qavatli uylar orasida yangi köp qavatli uy quriş uçun berib yuborilgan yer / Foto: Kun.uz
Içki işlar xodimlariga taalluqli yaxşi xabarlar ham bor. Çilonzorda köp qavatli uylar orasiga yana bitta köp qavatli uy qurmoqçi bölgan tadbirkor kutilmaganda profilaktika inspektorining qarşiligiga uçradi. Internetda tarqalgan videodan körinişiça, inspektor fuqarolarning tarafini olib, tadbirkordan qurilişni töxtatişni talab qilgan.
Ma’lum bölişiça, Kötarma mahallasidagi 15 sotix yer mulki buzilgan tadbirkorga kompensatsiya sifatida berilgan. Mahalla idorasi bu quriliş uçun göyoki şu yerda yaşovçilar rozilik bergandek hujjat rasmiylaştirgan. Tadbirkor quriliş qilaman deb daraxtzorni örab olişni boşlaganidan keyin, doimgidek nizo kelib çiqqan.
Yakunda, odamlarning noroziligi sabab “dom”lar orasiga “dom” qurilmaydigan böldi. Şu masalada bölib ötgan yiğilişda ertaga nizo kelib çiqişi aniqligi körinib turgan yerni tadbirkorga bergan şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ham qatnaşdi.
“Bu yerda odamlar norozi böladi, daraxtlar kesiladi, bu yerga quriliş qilib bölmaydi, deganmidim? Yuzta odamning oldida? Kameralar bormidi? Agar xalq norozi bölsa, nima qilamiz, deganimda: “Men şundoq taşlab çiqib ketaman”, dedingiz. Erkak gapmi deganimda erkak gap dedingiz. Töğrimi? Xalq norozimi? Böldi, bu yerda ortiqça muhokama qiladigan gap yöq”, – deya izoh berdi Ortiqxöjayev.
Qurilişni töxtatib qöyib, köpçilikda iliq taassurot qoldirgan profilaktika inspektori Azimjon Qudabayev esa taqdirlandi. Çilonzor tumani hokimi va sektor rahbarlari unga tantanali ravişda minnatdorçilik bildirişdi.
Foto: Çilonzor tumani hokimligi
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Özbekistonda “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun kuçga kirdi. Undagi eng asosiy yangiliklardan biri – davlat işida işlaydiganlar endi tadbirkorlik bilan şuğullanişi mumkin emas. Şu munosabat bilan Andijon viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği, tibbiyot sohasidagi biznesmen Jur’atbek Quvvatov iste’foga çiqdi.
Yangi qonunga köra, davlat xizmatçilari öz vakolatini bajariş evaziga heç kimdan sovğa olişi mumkin emas. Şu bilan birga, ular xizmat safariga çiqqanlarida yokiturli rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovğa olişiga ruxsat beriladi. Şarti – hadya qilingan aşyoning narxi 1,5 mln sömdan oşmasligi kerak. Bu boradagi hujjat loyihasini şu hafta Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi e’lon qildi.
Diplomi yöq hokim yordamçilari oliygohlarga imtihonsiz öqişga qabul qilinadi. Muhokamadagiqaror loyihasiga köra, oliy ma’lumotga ega bölmagan hokim yordamçilari sirtqi ta’limga, suhbat asosida öqişga kirişi mumkin. Ular iqtisodiy yönalişlarda davlat granti asosida öqiydi.
Jizzaxda hokim yordamçisi 2 ming dollar olayotganda uşlandi. Rasmiy xabarga köra, Şarof Raşidov tumani hokimining yordamçisi qurilişi bitmagan 10 ta issiqxona uçun tadbirkorning hisobiga 330 mln söm tuşirib berişni va’da qilgan. Şu hafta, şuningdek, korrupsion jinoyatlardan biri böyiça hukm öqildi – yer ajratiş masalasida 12 ming dollar pora bilan uşlangan Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining sobiq örinbosari 6 yilga qamaldi.
Toşkentdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi xususiylaştirildi. Uni Abu Dhabi Uzbek Investment kompaniyasi 87 mln dollarga sotib oldi. E’tiborlisi, haşamatli otelni quriş uçun davlat bundan salkam 3 barobar köp – 205 mln dollar sarflagan edi. Bu pullar orasida pensiya jamğarmasidan ajratilgan imtiyozli kreditlar ham bor.
Samarqandda Turkiy davlatlar taşkilotining birinçi sammiti bölib ötdi. Undataşkilotga a’zo Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Ozarboyjon prezidentlari hamda kuzatuvçi davlatlar – Turkmaniston va Vengriya rahbarlari iştirok etdi. Sammitda 10dan ortiq hujjat imzolandi, ular orasida eng muhimlari – özaro savdoni soddalaştiriş haqida.
Havo sovişi munosabati bilan metan-şoxobçalarning iş vaqtiga çeklovlar kiritildi. Çeklovlar asosan tungi vaqtlarga oid. Gazni köproq xonadonlarga uzatiş maqsadida joriy qilingan tartib odatda metan-şoxobçalarda navbatlarni yuzaga keltiradi. Qöşimça qilib ötamiz, şoxobçalardagi gaz öğriliklarini taftiş qiliş haqidagi Prezident administratsiyasi topşiriğidan keyin oradan ötgan ikki hafta içida bu masalada yangilik bölganiça yöq.