Donald Tramp IŞID rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy Suriya hududida ötkazilgan maxsus amaliyot natijasida yöq qilingani haqida ma'lum qildi.
«Ötgan keça AQŞ jahonning birinçi raqamli terroristiga nisbatan adolatni qaror toptirdi. Abu Bakr al-Bağdodiy öldi. U dunyodagi eng şafqatsiz va zöravon terrorçilik taşkiloti – IŞIDning asosçisi va yetakçisi edi», dedi Tramp maxsus murojaatida. Trampning Oq uydagi nutqi jahonning köplab agentliklari tomonidan translatsiya qilindi.
AQŞ prezidentining sözlariga köra, ekspertiza natijalari aviazarba oqibatida öldirilganlar orasida al-Bağdodiy ham bölganini tasdiqlagan.
U özini portlatgan
Prezident al-Bağdodiy amerikalik harbiylar uçun birinçi raqamli nişon bölgani, u yaşayotgan joy aniqlangaç, öşa uyda bölgan 11 bola u yerdan çiqarilganini ma'lum qilgan.
Tramp u qanday ölganiga aniqlik kiritdi. Uning aytişiça, al-Bağdodiy aviazarbalardan keyin «qörqoqlarça qoçgan», ammo hududni tunnel orqali tark etiş uçun harakati muvaffaqiyatsiz keçgaç, öz belidagi portlovçi qurilmalarni portlatib yuborgan. Uning yonida bölgan uç bola ham u bilan birga halok bölgan.
«U oxiri ölimga olib boruvçi tunnel içiga dodlab baqirganiça yugurib kirayotganida öldi. Bungaça voqea joyidagilar yo taslim bölgan, yo otib taşlangan edi. Uydan 11 nafar bola olib çiqildi, ular jarohatlanmagan.
Tunnelda faqat uç bolasi bilan Bağdodiy qolgandi. Bizning itlarimiz uni ta'qib qilib borganida u tunnel oxiriga yetib qolgandi. Ustidagi portlovçi jiletini portlatib, özi va uç bolasini öldirdi. Portlaş natijasida uning tanasi bölaklarga bölinib ketdi.
U xuddi it kabi öldi. Qörqoqlarça ölim topdi. Dunyo yanada xavfsizroq», — dedi Tramp bayonoti söngida.
Tramp mazkur amaliyotda iştirok etganlarning barçasiga, birinçi navbatda amerikalik harbiylarga, şuningdek, Turkiya, Iroq, Suriya, Rossiya va kurdlarga minnatdorçilik bildirgan.
Tramp öz murojaatidan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytarişi asnosida Suriya şimolidagi havo hududini nazorat qilayotgan Rossiya amerikaliklar aviatsiyasiga Idlib viloyati osmonida harakatlanişi uçun yölak oçib berganini ma'lum qilgan.
«Hududga uçib kiriş va undan uçib çiqiş juda-juda xavfli edi. Biz juda jiddiy hujumga uçraşimiz mumkin edi. Rossiya biz uçib ötişimiz uçun öz nazoratidagi ayrim hududlarni oçib berib, juda ajoyib yöl tutdi.




















